Rossiya Qozoğiston neftini Germaniyaga yetkazib berişni töxtatmoqçi
22-04-2026, 09:11
132 марта

Rossiya Qozoğiston neftini Germaniyaga yetkazib berişni töxtatmoqçi
Rossiya joriy yil 1 maydan boşlab öz nazoratidagi “Drujba” quvuri orqali Qozoğiston neftini Germaniyaga yetkazib berişni töxtatiş niyatida. Bu haqda sohadagi vaziyatdan xabardor uçta manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Anonim qolişni afzal körgan manbalarning malumotiga köra, Rossiya rasmiylari neft tranzitining tuzatilgan grafigini Qozoğiston va Germaniyaning sohaviy idoralariga allaqaçon yuborgan. Naşrning yozişiça, hozirça Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi uşbu malumotlarni tasdiqlaş uçun OAV söroviga javob bermagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov kundalik brifing çoğida jurnalistlarga “Drujba” orqali xomaşyo yetkazib berişni töxtatiş rejalari haqida bilmasligini aytgan. Şu bilan birga, Peskov uşbu malumotni tekşirişga vada bergan.
“Reuters”ning qayd etişiça, Rossiya nefti uzoq yillar davomida Germaniyaga, xususan, Şvedt şahrida joylaşgan eng yirik neftni qayta işlaş zavodiga yetkazib berilgan. Ammo Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiya Federatsiyasi va Germaniya Federativ Respublikasi örtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlaşdi. Buning fonida, Rossiyaning “Rosneft” korporatsiyasi nazoratida bölgan yuqorida qayd etilgan NQZ (neftni qayta işlaş zavodi) Germaniya rasmiylari boşqaruviga ötdi. Biroq “Drujba” neft quvuridan haligaça foydalanib kelinmoqda, u orqali Yevropaga Qozoğiston xomaşyosi kirib bormoqda.
2025 yilda Markaziy Osiyo respublikasi uşbu usul bilan Germaniyaga 2,1 million tonnadan ortiq neft yoki kuniga taxminan 43 ming barrel eksport qilgan, bu 2024 yildagi körsatkiçdan 44 foizga yuqoridir. Şu bilan birga, tranzit tizimi faoliyati Rossiya hududidagi neft quvuri uçastkalariga Ukraina dronlari tomonidan berilgan zarbalar tufayli bir neça bor töxtatilgan edi.
“KazTransOyl” kompaniyasi malumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida Qozoğiston neftining Germaniyaga eksporti 353 ming tonnaga oşib, 730 ming tonnani taşkil etgan. Umuman olganda, Markaziy Osiyo respublikasi bu yil Germaniyaga 2,5 million tonnagaça neft yetkazib berişni rejalaştirgan edi. Şu sababli, ekspertlarning fikriça, tranzitning ehtimoliy töxtatilişi Qozoğiston xomaşyosini Yevropaga yetkazib berişning eng muhim yönalişlaridan biriga daxl qilişi mumkin.