AQŞ blokadasiga qaramay Eron tankeri Hormuzdan ötdi
22-04-2026, 09:13
86 марта

AQŞ blokadasiga qaramay Eron tankeri Hormuzdan ötdi
Islomiy inqilob qöriqçilari korpusi 21 aprelga ötar keçasi Eronning Silly City nomli neft tankeri Hormuz böğozi orqali ötib, mamlakat hududiy suvlariga kirganini bildirdi. Bu haqda korpusning Telegram’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.Malumotga köra, tanker Arab dengizi orqali harakatlanib, Eron harbiy-dengiz kuçlari hamrohligida mamlakat suv çegarasini kesib ötgan. Hozirda u Eronning janubiy portlaridan birida töxtab turibdi.
13 aprel kuni AQŞ Eron portlariga nisbatan Hormuz böğozida blokada joriy qilgan edi. Eron esa dengiz savdosiga çeklovlar qöyilganini inkor etmoqda.
“Axios” naşriga köra, korpus Eron delegatsiyasidan blokada bekor qilinmagunça AQŞ bilan muzokaralarga rozi bölmaslikni talab qilmoqda. Şu bilan birga, CNN manbalariga tayanib, Islomobod şahrida AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar 22 aprelga rejalaştirilgani xabar qilingan, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.