“Jiddiy xavf”. Imomali Rahmon suv taqçilligidan xavotir bildirdi
22-04-2026, 19:00
292 марта

“Jiddiy xavf”. Imomali Rahmon suv taqçilligidan xavotir bildirdi
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlarini iqlim va suv böyiça qöşma çoralar körişga çaqirdi. Bu haqda u bugun, 22 aprel kuni Ostona şahrida ötkazilgan Mintaqaviy ekologik sammitda söz oçdi.U nutqi davomida iqlim özgarişi, ekotizimlar degradatsiyasi, suv resurslari taqçilligi va tabiiy ofatlar ham mintaqa, ham butun dunyo uçun jiddiy xavfga aylanayotgani, bu esa birgalikda harakat qilişni talab etişi qayd etgan.
Imomali Rahmon Tojikiston hududida Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigaça qismi şakllanişini qayd etib, mamlakat toğ ekotizimlarining mintaqani suv bilan taminlaş va barqaror rivojlantirişdagi muhim roliga töxtalgan. Butun dunyoda kuçayib borayotgan muzliklarning jadal erişi jarayoniga alohida etibor qaratilgan.
Prezidentning sözlariga köra, bu suv balansining buzilişiga olib keladi, atrof-muhit uçun xavf tuğdiradi va suv bilan boğliq tabiiy ofatlar xavfini oşiradi.
Şuningdek, mintaqa mamlakatlarida aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy tasir körsatayotgan çang böronlarining çastotasi va davomiyligi ortib borayotgan xavotirli tendentsiya ekani qayd etilgan. Imomali Rahmon Tojikistonning “Duşanbe suv jarayoni” doirasida suv va iqlim sohasidagi global kun tartibini ilgari suriş borasidagi doimiy say-harakatlarini eslatib ötgan. Hozirda “Suv barqaror rivojlaniş uçun” xalqaro harakatlar ön yilligi töğrisidagi BMT rezolyutsiyasi faol amalga oşirilayotgani aytilgan.
Tojikiston rahbari 2025 yilda Duşanbeda Muzliklarni asraş xalqaro yili doirasida bölib ötgan Birinçi xalqaro yuqori darajadagi konferentsiyani kuçlarni birlaştiriş va keyingi çoralarni köriş uçun samarali platforma deb atagan. Bundan taşqari, BMTning 2025-2034 yillarni Kriosfera fanlarini qöllab-quvvatlaş böyiça harakatlar ön yilligi deb elon qiliş haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilinişi, şuningdek, Jahon meteorologiya taşkiloti şafeligida Duşanbeda Markaziy Osiyo muzliklari va kriosferasini örganiş hamda monitoring qiliş mintaqaviy markazining taşkil etilişi muhimligi takidlangan.
Imomali Rahmon sammit iştirokçilari etiborini iqlim ötişiga kömaklaşişni rivojlanişning ustuvor yönalişi sifatida qaraş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş, energiya samaradorligini oşiriş va past uglerodli iqtisodiyotni şakllantiriş zarurligiga qaratgan. Uning sözlariga köra, gidroenergetika va boşqa toza energiya manbalarini rivojlantiriş Tojikiston uçun strategik ustuvor yönaliş hisoblanadi.
Şuningdek, çiqindilarni kamaytiriş va investitsiyalarni jalb qiliş böyiça say-harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun mintaqaviy uglerod bozorini bosqiçma-bosqiç şakllantiriş imkoniyatlarini körib çiqiş maqsadga muvofiqligi bildirilgan.
Biologik resurslarni muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş ekologik muammolarni hal qilişning eng muhim şartlari ekani takidlangan. Şu nuqtai nazardan, Tojikistonda 2040 yilgaça mamlakatni kökalamzorlaştiriş dasturi qabul qilingan. Bundan taşqari, toğ faunasining noyob va kamyob turlarini saqlab qoliş böyiça davlat dasturlari va loyihalari amalga oşirilmoqda.
“Bizning uşbu va boşqa say-harakatlarimiz tabiiy yaşaş muhitini himoya qiliş va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bölişni taminlaşga qaratilgan”, deydi Imomali Rahmon.