Katta tozalaş: AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari vaziri ham işdan haydaldi
23-04-2026, 10:14
111 марта

Katta tozalaş: AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari vaziri ham işdan haydaldi
AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari vaziri Jon Felan öz lavozimini tark etdi. Uning istefosi darhol kuçga kirgan. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Şon Parnell X sahifasida malum qildi.Uning sözlariga köra, Mudofaa vaziri va uning örinbosari nomidan Felanning AQŞ Mudofaa vazirligi hamda Harbiy-dengiz kuçlaridagi xizmatlari uçun minnatdorlik bildirilgan va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilangan.
Vazir vazifasini vaqtinça Xung Kao bajaradi. U bungaça Felanning örinbosari lavozimida işlagan.
CNN malumotiga köra, Jon Felan ilgari tadbirkor bölgan va harbiy xizmat tajribasiga ega emas edi. U 2025 yilda, Donald Tramp AQŞ Prezidenti etib saylangaç, uşbu lavozimga tayinlangan. Telekanalning takidlaşiça, Felan rafiqasi bilan birga Trampning saylovoldi kampaniyasi uçun mablağ yiğiş bilan ham şuğullangan.
AQŞ Prezidenti Felan haqida iliq fikrlar aytib kelgan.
“Jon dengizçilarimiz uçun kuçli tayanç va mening tamoyilimni ilgari surişda qatiy yetakçi böladi. U AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari manfaatlarini birinçi öringa qöyadi”, degan edi Tramp.Aprel oyining boşida AQŞda Quruqlikdagi qöşinlar ştabi boşliği, general Rendi Jorj ham istefoga çiqarilgani elon qilingan edi. SBS telekanali manbalariga tayanib xabar berişiça, uning lavozimdan ketişini Pentagon rahbari Pit Hegset talab qilgan. Malumotlarga köra, u bu lavozimda özi va Tramp şakllantirgan armiya kontseptsiyasini amalga oşira oladigan şaxsni körişni istaydi.
13 aprel kuni AQŞ harbiylari Tramp topşiriği bilan Hormuz böğozida blokada boşlagan. U Eron portlariga kirayotgan va çiqayotgan kemalarga nisbatan qöllanilmoqda.