YeI Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketini tasdiqladi
23-04-2026, 19:43
51 марта

YeI Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketini tasdiqladi
Yevropa Ittifoqi Kengaşi Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketini hamda Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida mablağ ajratilişini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 23 aprel kuni Yevrokengaş rahbari Antoniu Koşta X ijtimoiy tarmoğida malum qildi.“EIning Ukrainada adolatli va barqaror tinçlikka erişiş strategiyasi ikki ustunga tayanadi: Ukrainani mustahkamlaş va Rossiyaga bosimni kuçaytiriş. Bugun biz har ikki yönalişda oldinga siljidik: Ukraina uçun 2026–2027 yillarga möljallangan moliyaviy va harbiy yordamni taminlovçi 90 milliard yevrolik kreditni blokdan çiqardik hamda Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketini qabul qildik”, deyiladi Yevrokengaş rahbari bayonotida.Yevropa Ittifoqi Kengaşining rasmiy saytida qayd etilişiça, bugun Kengaş 2025 yil dekabrida kelişilgan, Ukrainaga beriladigan 90 milliard yevrolik kreditning asosi bölgan sönggi muhim qonunçilik hujjatini qabul qilgan. Bu qadam Yevrokomissiyaga tölovlarni 2026 yilning ikkinçi çoragida boşlaş imkonini beradi.
Xabar qilinişiça, kredit mamlakatning 2026 va 2027 yillardagi eng dolzarb byudjet ehtiyojlarini hamda mudofaa-sanoat salohiyati ehtiyojlarini qoplaşga yordam beradi. Kengaşning mazkur ijroiya qarori barça 24 ta azo davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan.