Misrda mukammal doira şaklidagi qadimiy ibodatxona topildi
24-04-2026, 08:05
191 марта

Misrda mukammal doira şaklidagi qadimiy ibodatxona topildi
Misrda arxeologlar noyob va qadimiy, doira şaklidagi ibodatxonani topdi. Dastlabki malumotlarga köra, uşbu inşoot taxminan 2200 yil avval muqaddas suv rituallari (marosimlari) uçun işlatilgan. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.Ibodatxona hozirgi Port-Said şahridan janubi-şarqda joylaşgan qadimgi Peluziy porti hududidan topilgan. Majmua markazida diametri taxminan 35 metr bölgan yirik suv havzasi joylaşgan bölib, u Nil daryosi bilan kanallar va rezervuarlar tizimi orqali boğlangan.
Tadqiqotçilarning fikriça, inşoot kam örganilgan xudolardan biriga bağişlangan bölişi mumkin. Havzaning markazida kvadrat şaklidagi poydevor topilgan.
Amerika Arxeologiya instituti yegiptologi Stiv Xarvining takidlaşiça, ibodatxonaning aynan qaysidir ilohga bağişlangani tasdiqlansa, bu avval faqat yozma manbalardan malum bölgan kultning (etiqodning) kamyob moddiy daliliga aylanadi.
Tarixçilar Nil daryosi qadimgi misrliklar hayotida asosiy rol öynaganini takidlamoqda: daryoning har yilgi toşişi tuproq unumdorligini taminlagan va muhim ramziy manoga ega bölgan. Ibodatxona içida Nil loyqasi va suv yiğiş tizimi izlari topilgan, bu esa uning daryo kultlari bilan boğliqligini tasdiqlaydi.
Miloddan avvalgi VIII asr atrofida asos solingan Peluziy şahri Nil deltasi çegarasida strategik mavqega ega bölib, muhim savdo va mudofaa punkti bölib xizmat qilgan. Turli davrlarda u Misr, Yunon va Rim tsivilizatsiyalari tasirida bölgan.