USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi tilançilik qilgan xorijliklar quviladi. Qirğizistonda!

126 марта

Endi tilançilik qilgan xorijliklar quviladi. Qirğizistonda!

Endilikda Qirğizistonda tilançilik bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun xorijliklar mamlakatdan çiqarib yuboriladi. Bu haqda keça, 24 aprel kuni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov tasdiqlagan Mamuriy javobgarliklar töğrisidagi kodeks hamda “Taşqi migratsiya töğrisida”gi qonunga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qonunda söz boradi.

Unga köra, xorijiy fuqarolar Qirğizistonda böliş tartibini buzganliklari yoki kodeksning 126-moddasining 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganliklari uçun (qonunçilikda közda tutilgan ayrim istisnolar bundan mustasno) mamlakatdan çiqarib yuboriladi.
126-moddaning 1-qismiga köra, yöl qatnov qismida tilançilik qiliş, şuningdek, jamoat joylarida pul yoki boşqa moddiy boyliklarni oliş maqsadida odamlarni bezovta qilganlar 20–30 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 sutkagaça qamoq jazosi bilan jazolanadi. Uşbu harakat bir oy içida takror sodir etilsa, 30–40 soat jamoat işlari yoki 3–5 sutka qamoq jazosi qöllaniladi.

Qoidabuzarlik xorijiy fuqaro tomonidan bir oy içida takror sodir etilsa, u mamlakatdan çiqarib yuboriladi. Şuningdek, şaxs tilançilikka majburlaş, tahdid, jismoniy yoki ruhiy zöravonlik sababli qilgan bölsa yoki u odam savdosi qurboni deb topilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Agar Qirğiziston fuqarosi uşbu modda böyiça javobgarlikka tortilsa, içki işlar organlari uning yaşaş şaroitlarini örganiş va zarur ijtimoiy yordam körsatiş uçun tegişli malumotlarni ijtimoiy himoya organlariga yuborişi şart.

126-moddaning 2-qismi esa tilançilikka jalb qiliş bilan boğliq. Unda keksalar, voyaga yetmaganlar, ruhiy kasalligi bor şaxslar, homilador ayollar yoki nogironligi bor şaxslarni tilançilikka majburlaş 200 hisob körsatkiçi – taxminan 20 ming qirğiz somi (taqriban 3 mln özbek sömi atrofida) miqdroida jarima bilan jazolanadi. Agar bu harakat xorijiy fuqaro tomonidan bir oy içida takror sodir etilsa, u mamlakatdan çiqarib yuboriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: