Zelenskiy uruş boşlanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga bordi
25-04-2026, 19:44
126 марта
Zelenskiy uruş boşlanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga bordiBugun, 25 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uruş boşlanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga taşrif buyurdi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Zelenskiy mamlakatga işçi taşrif bilan kelgan. Uni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Gabala şahrida kutib olgan. Hozirda ikki lider örtasida yakka tartibdagi uçraşuv bölib ötmoqda.
Takidlaş joiz, Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan 2022 yilda boşlangan uruşdan söng ilk bor Ozarbayjonga bordi. Uning eng sönggi taşrifi 2019 yil 16–17 dekabr kunlari amalga oşirilgan edi. Öşanda Ilhom Aliyev bilan ötkazilgan muzokaralarda bir neça muhim kelişuvlarga erişilgan. Har ikki davlat bir-birining hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini bildirgan: Ozarbayjon Ukraina (Donbass va Qrim) masalasida, Ukraina esa Ozarbayjon (Qoraboğ) masalasida öz pozitsiyasini tasdiqlagan.
Energetika sohasida SOCAR kompaniyasining Ukrainadagi faoliyatini kengaytiriş böyiça kelişuvga erişilgan. Şuningdek, savdo va logistika aloqalarini rivojlantiriş, Ukrainada Ozarbayjon savdo uyini oçiş masalalari muhokama qilingan.