Turkiya Hormuzni minalardan tozalaşda iştirok etişi mumkin
26-04-2026, 13:21
58 марта

Turkiya Hormuzni minalardan tozalaşda iştirok etişi mumkin
Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan AQŞ va Eron örtasida tinçlik kelişuvi tuzilsa, Anqara Hormuz böğozida minalarni tozalaş işlarida iştirok etişi mumkinligini malum qildi. Bu haqda u bugun, 25 aprel kuni Buyuk Britaniyaga rasmiy taşrifi doirasida OAVga bergan bayonotida söz yuritdi.U Oksford universitetidagi tadbirdan söng jurnalistlar bilan suhbatda Turkiya mojaro tugagandan keyingi vaziyatda minalarni tozalaş kabi texnik va insonparvarlik işlariga qarşi emasligini takidlagan.
“Aytaylik, Eron va amerikaliklar özaro kelişuvga erişdi, natijada tinçlik örnatildi. U yerga koalitsiya borib, texnik işlarni amalga oşiradi va minalarni tozalaydi. Bunda heç qanday muammo yöq. Milliy mudofaa vazirligimizga Prezidentimiz tomonidan tegişli topşiriq berilgan. Biroq, agar qayta boşlanişi mumkin bölgan uruşda bizning öz sezgir jihatlarimiz bor va bunday vaziyatda biz boşqaça pozitsiyada bölamiz”, degan Fidan.