Qöşköpirda ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
2-05-2026, 07:44
150 марта
Qöşköpirda ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXorazm viloyatining Qöşköpir tumanida rejali tamirlaş işlari sababli ayrim hududlarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, tumanning Dovud, Qoramon va Kenagas mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beruvçi gaz quvuriga örnatilgan filtrni tozalaş işlari olib boriladi.
Şu munosabat bilan, joriy yilning 2 may kuni soat 09:00 dan 17:00 gaça uşbu mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Masullar tamirlaş işlari yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti töliq tiklanişini malum qilgan.
Aholidan uşbu holatni inobatga olgan holda, gazdan foydalanişni oldindan rejalaştiriş söralmoqda.