“HUDUDGAZ XORAZM” RAQAMLAŞTIRIŞ YÖLIDA: ZAMONAVIY GIS TIZIMI IŞGA TUŞIRILMOQDA
7-05-2026, 11:17
318 марта
“HUDUDGAZ XORAZM” RAQAMLAŞTIRIŞ YÖLIDA: ZAMONAVIY GIS TIZIMI IŞGA TUŞIRILMOQDABugungi kunda raqamli texnologiyalarning barça sohalarga jadal kirib kelişi xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Xususan, gaz taminoti tizimida ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş orqali boşqaruv samaradorligini oşirişga alohida etibor qaratilmoqda.
Şu munosabat bilan “Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filialida “Hududgaztaminot” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqilgan geoaxborot malumotlar bazasiga asoslangan yangi zamonaviy onlayn boşqaruv tizimining taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, tizim iş samaradorligini oşiriş hamda aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş masalalari muhokama qilindi.
Taqdimot davomida mutaxassislar yangi tizimning qator funktsional imkoniyatlari va afzalliklarini amaliy misollar orqali namoyiş etdi. Asosiy etibor gaz taminoti jarayonlarini yanada şaffof, tezkor va samarali taşkil etişga qaratildi.
Yangi onlayn platforma orqali gaz tarmoqlaridagi bosim va texnik holatni real vaqt rejimida doimiy monitoring qiliş imkoniyati yaratiladi. Bu esa tizimda yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozlik yoki avariyaviy holatlarni tezkor aniqlaş va qisqa muddatlarda bartaraf etişga xizmat qiladi.
Şuningdek, istemolçilar bilan işlaş jarayonlarini raqamlaştiriş orqali ortiqça qoğozbozlik, vaqt yöqotiş va inson omili bilan boğliq ayrim muammolarni kamaytiriş maqsad qilingan.
Geoaxborot tizimining eng muhim jihatlaridan biri — hududdagi mavjud barça gaz tarmoqlarining aniq elektron xaritalari yaratilganidir. Mutaxassislar fikriça, bu kelgusida texnik xizmat körsatiş, tamirlaş işlarini rejalaştiriş va tizim ustidan doimiy nazoratni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi.
Takidlanişiça, “Hududgaz Xorazm” filialida joriy etilayotgan mazkur zamonaviy boşqaruv tizimi nafaqat soha xodimlari işini yengillaştiradi, balki aholini uzluksiz, xavfsiz va sifatli tabiiy gaz bilan taminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sohada raqamlaştiriş sari taşlanayotgan bu kabi qadamlar tizimda şaffoflik va işonçlilikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.

