USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda noqonuniy baliq ovlaganlarga qarşi reyd: tabiatga 743 million sömdan ortiq zarar yetkazilgan

706 марта
Xorazmda noqonuniy baliq ovlaganlarga qarşi reyd: tabiatga 743 million sömdan ortiq zarar yetkazilgan

Xorazm viloyatida taqiqlangan muddat va taqiqlangan vositalar yordamida noqonuniy baliq ovlagan fuqarolar foş etildi.

Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekologiya politsiyasining Tuproqqala tuman bölimi hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan ekologik nazorat-reyd tadbirlari davomida qonunbuzarlik holati aniqlangan.

Malum bölişiça, Tuproqqala tumanida yaşovçi fuqarolar M.T., S.K. va P.K.lar tumanning “Nukus” mahallasi hududida joylaşgan “Eçkiyor” tabiiy köl suv havzasida taqiqlangan muddatda va taqiqlangan baliq ovlaş vositalari — leska törlar yordamida noqonuniy ravişda baliq ovlagan.


Reyd davomida jami 92 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlangan. Ular orasida 43 dona kumuş tovonbaliq, 10 dona şarq oqçasi, 14 dona oqsla baliq, 8 dona oq döngpeşona baliq, 13 dona zoğora baliq, 3 dona oddiy laqqa va 1 dona oq amur baliği borligi qayd etildi.

Mutasaddilarning hisob-kitoblariga köra, uşbu qonunbuzarlik natijasida tabiatga 743 million 660 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan qonunbuzarlardan aşyoviy dalil sifatida 1 dona rezina qayiq, uzunligi 70 metr bölgan 18 dona leska tör hamda 92 dona baliq olib qöyildi. Töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 14 May 2026 09:37
      Nafs yomon narsada, o'zbeklarga qilma desang teskarisini qilishadi atayin. Yosh bola oyna oldiga chiqib sakramoqchi bo'lsa, sakrama desang aynan shu ishni qiladi, chalgi'tib anau narsa qani desang sakrash esdan chiqib sekin tushib o'sha narsani qidirishga ketadi. Shu hammasi tarbiyaga bog'lik narsada. Bolaga yoshligida tarbiyani yashi berish kerak. Bitta tarbiya berilmaganni ortida davlatga zarar o'zini oilasiga zarar olib kelishdi.

Мавзуга алоқадор: