Xorazmning ayrim hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
22-05-2026, 23:36
573 марта
Xorazmning ayrim hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXorazm viloyatining Qöşköpir va Şovot tumanlarida olib boriladigan tamirlaş işlari sababli ayrim mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, “Qöşköpir-2” gaz taqsimlaş stantsiyasida tamirlaş işlari amalga oşirilişi munosabati bilan 23 may kuni soat 09:00 dan 17:00 gaça Qöşköpir tumanining Bahoriston, Çamanzor, Iqbol, Mesit, Polvon, Örta qişloq, Nezaxos, Köktom, Qadriyat, Xonobod, Könazey, Xayrabod, Tegalak, Xosiyon, Ittifoq, Oşaq qala, Boğzor, Yoşlik, Örtayop, Adolat, Iftixor va Ğalaba mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, “Şovot-2” gaz taqsimlaş stantsiyasidan çiquvçi yuqori bosimli gaz quvurida tamirlaş işlari olib borilişi sababli 23 may kuni soat 08:00 dan 18:00 gaça Şovot tumanining Böston, Guliston, Mevazor, Röyat, Navröz, Eşonqala, Arbek, Oqköl, Monoq, Ogahiy, Töqmanğit va Çiğatoy mahallalarida, şuningdek Qöşköpir tumanining Şerobod, Mehnatobod, Paxtakor, Ilğoldi, Begobod va Döstlik mahallalarida ham tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali matbuot xizmatiga köra, tamirlaş işlari yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.