Xorazmda “Sönggi qönğiroq” yangradi: 27 mingdan ortiq bitiruvçi mustaqil hayotga qadam qöymoqda
25-05-2026, 11:23
85 марта
Xorazmda “Sönggi qönğiroq” yangradi: 27 mingdan ortiq bitiruvçi mustaqil hayotga qadam qöymoqdaBugun yurtimizdagi barça umumtalim maktablarida 2025–2026 öquv yili yakunlanib, “Sönggi qönğiroq” tadbirlari kötarinki kayfiyatda ötkazildi.
Şu munosabat bilan taşkil etilgan bayram tadbirlarida öqituvçilar, öquvçilar, ota-onalar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvçilariga yöllagan tabrigi öqib eşittirildi. Davlat rahbarining samimiy tilaklari yoşlarga kuç-ğayrat, işonç va yangi marralar sari intiliş bağişladi.
Malum qilinişiça, joriy yilda Xorazm viloyati böyiça 27 ming 216 nafar yigit-qiz 11-sinfni tamomlab, mustaqil hayotga yöl olmoqda.
Bitiruvçilar orasida yuqori natijalarga erişgan yoşlar ham talaygina. Jumladan, bugungi kunga qadar ularning 2 ming 107 nafari xorijiy tillarni biliş darajasi böyiça xalqaro va milliy sertifikatlarni qölga kiritgan. Şuningdek, 400 nafardan ortiq öquvçi oliy talim muassasalariga kirişda eng yuqori — 189 ballni töplab, muddatidan oldin talaba bölişga muvaffaq bölgan.
Bundan taşqari, bitiruvçilarning 383 nafari oltin medal, 173 nafari esa kumuş medal bilan taqdirlaşga tavsiya etilgan.
“Sönggi qönğiroq” tadbirlari yoşlar uçun nafaqat maktab bilan xayrlaşuv, balki orzu va maqsadlar sari yangi qadam sifatida ham yodda qoldi.
