Maktablarda sönggi qönğiroq ötkazilmaydimi?
18-05-2025, 14:21
642 марта
Boşlanayotgan haftada maktablarda sönggi qönğiroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu tadbir ötkazilişi taqiqlangani, çeklovlar örnatilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Maktabgaça va maktab talimi vazirligi uşbu xabarlarga munosabat bildirdi.Vazirlikning malum qilişiça, uşbu xabarlar mutlaqo asossiz va joriy öquv yilining oxirgi kuni 25 may, yakşanba – dam oliş kuniga töğri kelganligi sababli sönggi qönğiroq tadbirlari 24 may – şanba kuni ötkazilişi belgilangan.
“Sönggi qönğiroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy böladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qöyayotgan 11-sinf bitiruvçilari uçun bu kunning ahamiyati va qadri özgaça. Bir tomondan, köp yillik qadrdon sinfdoşlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlaşiş oson emas. Ikkinçi tomondan, mustaqil hayotga qadam qöyiş zavqi, yangi marralar çorlovi, talabalik sururi. Bu endi çinakam bayram”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning qöşimça qilişiça, maktablarda sönggi qönğiroq tadbirlarini kötarinki kayfiyatda, tantanalar bilan ötkaziş ananasi bu yil ham davom etadi.
“Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvçilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etişlarini söraymiz!”deyiladi vazirlik xabarida.