Natijalari yaxşilanayotgan Özbekiston!
15-05-2025, 13:28
78 марта
Mamlakatimiz yoşlari Xalqaro olimpiadalardagi natijalarini yaxşilab bormoqda.Braziliyada bölib ötgan 59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qölga kiritdi. Bu safar medallarning sifati ham ança yuqori böldi.
Uçta oltin, ikkita kumuş, ikkita bronzamedali yoş kimyogarlarimizning çuqur bilimlari, intilişlari va ularni tayyorlagan ustozlarimizning tinimsiz mehnati samarasidir.
Ötgan 2024 yildagi natijalardan (1 kumuş, 4 bronza) bu yilgisi yaqqol yaxşilangani oçiq körinib turibdi — biz faqat oldinga intilayapmiz.
Har bir medal Özbekiston yoşlarining dunyo sahnasidagi yuksak salohiyatini, fanga bölgan muhabbati va intilişini namoyon etadi.
Ğolib öquvçilar mamlakatimizda katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Davlatimiz ilm-fanga qiziqqan istedodlarni qadrlaydi!