USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançdagi quriliş: Kran tagidan ötayotgan piyodalar hayotiga kim masul?

409 марта
Urgançdagi quriliş: Kran tagidan ötayotgan piyodalar hayotiga kim masul?

Bugungi kunda Urganç şahrida, xususan, Gurlan köçasida keng kölamli quriliş va bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Şaharning körkiga körk qöşayotgan bunday zamonaviy binolar qurilişi, albatta, quvonarli hol. Ammo yangi binolar qad rostlaşi bilan birga, «Quriliş xavfsizligi qoidalariga qançalik rioya qilinyapti?» degan haqli savol tuğiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sönggi videoyozuvlarda Gurlan köçasidagi quriliş obektlaridan birida ulkan kran orqali beton plitalar va oğir quriliş materiallari binoning yuqori qavatlariga kötarilayotgani aks etgan. Eng açinarlisi, xuddi şu kran va oğir yuklar harakatlanayotgan xavfli hududning aynan tagidan piyodalar, oddiy fuqarolar heç qanday tösiqsiz, bemalol ötib-kaytib yurişibdi.

Bu vaziyat nafaqat quriliş meyorlarini qöpol ravişda buziş, balki inson hayotini töğridan-töğri xavf ostiga qöyişdir. Xöş, bunday holatda xavfsizlikka kim javobgar va Xudo körsatmasin, biror baxtsiz hodisa yuz bersa, qonun oldida kim javob beradi?

Quriliş xavfsizligi qoidalari nima deydi?
Özbekiston Respublikasi Şaharsolik normalari va qoidalariga (ŞNK) asosan, quriliş maydonçasi va unga tutaş hududlarda xavfsizlik çoralari töliq taminlanişi şart.
 Himoya tösiqlari va yölaklar: Oğir texnikalar, ayniqsa, yuk kötariş kranlari işlayotgan hududda piyodalar harakati butunlay çeklanişi lozim. Agar quriliş yöl yoqasida bölsa, piyodalar uçun maxsus usti yopiq, mustahkam himoya soyabonlari (naveslar) bilan jihozlangan vaqtinçalik xavfsiz yölaklar qurilişi şart.


 Ogohlantiruvçi belgilar: Xavfli hudud atrofiga maxsus lentalar tortilişi va «Diqqat, xavfli hudud!» kabi ogohlantiruvçi belgilar örnatilişi şart.

Xöş, Gurlan köçasidagi holatda bu qoidalarga rioya qilinyaptimi? Videodan körinib turibdiki, yöq. Odamlar heç qanday himoya soyabonlarisiz, töğridan-töğri oçiq osmon ostida, boş ustida tonnalab yuk aylanib turgan hududdan ötişmoqda.

Bu holatda xavfsizlikka kim javobgar?
Quriliş obektida xavfsizlik qoidalarining buzilişi va işçilar yoki atrofdagi fuqarolarning soğliğiga tahdid tuğilişi böyiça javobgarlik zanjiri mavjud:

1 Quriliş taşkiloti rahbari va Boş muhandis: Quriliş maydonida umumiy xavfsizlikni taminlaş, himoya tösiqlarini örnatiş va jarayonni nazorat qiliş uçun birinçi navbatda pudratçi (quruvçi) taşkilot rahbariyati bevosita javobgardir.
2 Texnika xavfsizligi böyiça muhandis (TB muhandisi): Har bir qurilişda texnika xavfsizligiga masul şaxs böladi. U kran işlayotgan paytda pastda odamlar bölmasligini kuzatişi, hududni örab olişi şart.
3 Kran operatori (maşinisti): Qoidaga köra, krançi pastda odamlar borligini körsa, yukni kötariş yoki surişni töxtatişi lozim. Xavfli hududda odamlar yurganda kranni boşqariş taqiqlanadi.

Agar oğir beton yoki yuk tuşib ketsa, kim javobgar böladi?

Agar Gurlan köçasidagi singari holatlarda baxtsiz hodisa yuz bersa — yani krandagi beton plita yoki boşqa quriliş materiali pastga tuşib, biror fuqaroga şikast yetkazsa yoki ölimga sabab bölsa, bu şunçaki «intizomiy jazo» bilan tugamaydi.
Bu vaziyatda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) yoki 258-moddasi (Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş) böyiça jinoiy iş qözğatiladi.
 Agar inson soğliğiga oğir şikast yetsa yoki ölim holati yuz bersa, quriliş taşkilotining xavfsizlikka masul şaxslari (muhandis, iş yurituvçi, rahbar) töğridan-töğri jinoiy javobgarlikka tortilib, muayyan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

 Şuningdek, quriliş obektiga egalik qiluvçi kompaniya jabrlanuvçiga yoki uning oilasiga juda katta miqdorda moddiy va manaviy zararni qoplab berişga majbur böladi.​

Inson hayoti — har qanday bino, imorat yoki biznes manfaatlaridan ustun. Urganç şahridagi mazkur quriliş obekti rahbarlari va nazorat qiluvçi organlar (Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi) uşbu videoyozuvdan tegişli xulosa çiqarişlari şart.

Fojia yuz bergandan keyin aybdorni qidirişdan foyda yöq. Uni hozir, Gurlan köçasida baxtsiz hodisa sodir bölişidan oldin töxtatiş va piyodalar uçun xavfsiz yölak taşkil qiliş zarur!

Изоҳ қолдириш

    • Xurshid 1 Iyun 2026 22:58
      Bu joy qodastir boshlgi B Jumaboyov niki
    • Xurshid 1 Iyun 2026 22:59
      Bu joy qodastir boshlgi B Jumaboyov niki

Мавзуга алоқадор: