Trent ortidan quvib, qonunni unutganlar: Nabatdagi «jazolangan bloger» voqeasi
4-06-2026, 06:42
789 марта
Trent ortidan quvib, qonunni unutganlar: Nabatdagi «jazolangan bloger» voqeasiBugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda taniliş, köproq köriniş (prosmotr) va obunaçi töplaş iştiyoqi bazi yurtdoşlarimizni nafaqat odob-axloq meyorlarini, balki amaldagi qonunçilikni ham çeklab ötişga majbur qilmoqda. Afsuski, bunday «jasorat»larning oxiri köpinça içki işlar xodimlari huzurida, mamuriy bayonnoma bilan yakun topmoqda.
Navbatdagi ana şunday salbiy holat Instagram ijtimoiy tarmoğida blogerlik qiluvçi Öktambek Haytboyev bilan boğliq böldi.
Kontent uçun katta xavf: Avtobus rulida hujjatsiz bloger!Aniqlanişiça, uşbu bloger navbatdagi kontentini suratga oliş, tarmoqda trendga çiqiş maqsadida öziga tegişli bölmagan va eng açinarlisi, tegişli boşqariş hujjatlarisiz yölovçi taşuvçi katta hajmdagi avtobusni boşqargan. Avtobus oddiy yengil maşina emas — u yuqori darajadagi masuliyat va alohida toifadagi haydovçilik guvohnomasini talab qiladigan transport vositasidir. Blogerning bu qilmişi nafaqat uning özi, balki yöldagi boşqa harakat qatnaşçilarining ham hayotini töğridan-töğri xavf ostiga qöygan.
Mazkur holat huquq-tartibot organlari tomonidan tezkorlik bilan örganildi. Qoidabuzarlik sodir etgan blogerga hamda transport vositasini hujjatsiz şaxsga topşirgan haqiqiy haydovçiga nisbatan belgilangan tartibda mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Maqsad nima özi: Ommaviy madaniyatmi yoki qonunsizlik?Kundan-kunga qoidabuzarlik qilib, buni maqtanib tarmoqqa joylaydigan «insta-blogerlar» köpayib borayotgani jamiyatda haqli savollarni tuğdirmoqda. Nima uçun ular trendga çiqişning qonuniy va foydali yöllarini izlaşmaydi? Nahotki, bir neçta «layk» va ijobiy izohlar qonun oldida javob berişdan, jarima tölaşdan yoki Xudo körsatmasin, yöl-transport hodisasi sodir etişdan ustun bölsa?
Bu kabi holatlar jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, ayniqsa, yoşlar orasida tarmoqlardan töğri foydalaniş könikmasini şakllantiriş naqadar muhimligini yana bir bor körsatmoqda. Blogerlik — bu şunçaki kameraga qarab gapiriş yoki tavakkal qiliş emas, bu — katta auditoriya oldidagi masuliyatdir.
Qonun barça uçun barobar. Navbatdagi jazo esa boşqa «trendçi» blogerlar uçun ham dars bölişidan umid qilamiz.
Manba körsatilgan holda sahifalarga joylaştirilişi mumkin.