Xorazmda tariximiz va madaniyatimiz masxara qilinayotgan bir paytda sukut saqlaş mumkinmi?
24-11-2025, 23:43
1 582 марта
Xorazmda tariximiz va madaniyatimiz masxara qilinayotgan bir paytda sukut saqlaş mumkinmi?Xiva şahridagi muzeylardan birida suratga olingan va Instagram ijtimoiy tarmoğida “Temur Sultanov” (temurtemur530) nomi bilan faoliyat yurituvçi Xorazmlik bloger tomonidan joylangan video jamoatçilik orasida jiddiy norozilikka sabab böldi. Unda tarixiy şaxslar qiyofasi masxaralangani, ularga nisbatan kulgi va past darajadagi hazillar qilingani aytilib, köplab fuqarolar bu holatni madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilmoqda.
Xorazm – YuNESKOning jahon merosi röyxatiga kirgan hudud sifatida tarixi va madaniyati bilan nafaqat mamlakatimiz, balki köplab xorijiy mehmonlarni ham öziga jalb etadigan mintaqa. Bunday muhitda tarixiy şaxslar va ajdodlar merosini kulgi yoki “kontent” yaratiş vositasi sifatida qöllaş mutlaqo mumkin emas. Ayniqsa, muzey kabi muqaddas ilmiy-marifiy maskanda video suratga oliş masuliyat bilan yondaşişni talab etadi. Bu kabi harakatlar nafaqat yoşlar orasida tarixga nisbatan salbiy munosabatni şakllantirişi, balki milliy ğurur va identifikatsiyaga putur yetkazişi mumkin.
Blogerlik — bu erkin ijod, biroq erkinlik heç qaçon masuliyatdan ustun bölmasligi kerak. Jismoniy şaxslar emas, tarixda iz qoldirgan ajdodlarimiz masxara qilinayotgani – bu millat xotirasiga nisbatan beetiborlikdir. Şu bilan birga, bunday videolar ommaga oçiq ravişda joylanib, minglab tomoşabinlar, jumladan, yoş avlod tomonidan körilayotganini hisobga olib, vaziyat juda jiddiy deb baholanmoqda.
Jamoatçilik uşbu holatni keskin qoralab, zarur bölsa, blogerga nisbatan mamuriy çoralar köriş, hatto 15 sutkagaça qamoq jazosi tayinlaş imkoniyatini körib çiqişni söramoqda. Madaniyat va turizm hamda yoşlar siyosati sohasidagi mutasaddilardan tarixiy obidalarda kontent tayyorlaşni tartibga soluvçi maxsus qoidalar joriy etiş, muzeylar içida tasvirga oliş uçun ruxsatnoma va nazorat tizimini kuçaytiriş taklif qilinmoqda.
Tarix – sahna yoki masxarabozlik maydoni emas. U – xalq xotirasi, millat qiyofasi. Agar bugun bunday holatlarga köz yumsak, ertaga ajdodlar merosi oğir savollar ostida qolişi mumkin. Şu bois, nafaqat davlat taşkilotlari, balki barça fuqarolar madaniy merosga nisbatan hurmat va masuliyat bilan yondaşişi zarur.