USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda blogerlar janjali avjida: axborot maydoni maynavozçilik sahnasiga aylanmoqda

1 847 марта
Xorazmda blogerlar janjali avjida: axborot maydoni maynavozçilik sahnasiga aylanmoqda

Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Xorazmdagi blogerlar orasida “janjal”lar, özaro tahdid va töqnaşuvlar soni keskin oşdi. Bir-birini “foş etiş”, “haqiqatni gapiriş” bahonasidagi çiqişlar jamoatçilik tomonidan maroq bilan kuzatilmoqda.

Biroq bu holatning mazmuniga qarasak, gaplar köp, mazmun kam — köçadagi bolalar urişiga öxşaş tortişuvlar, faqat oğzaki tahdid va “layk” ortidan quviş.

“Janjal kontent” — yangi trendmi?

Bazi blogerlar auditoriya etiborini oliş uçun jamiyatdagi haqiqiy muammolarni emas, balki şaxsiy adovat va böhtonni aylantirmoqda. Bu holatda eng köp “yutuvçi” — layk va qaraşlar, ammo eng köp “yutqazuvçi” — jamoatçilikning işonçi.

“Nega rasman IIBga murojaat qilinmaydi?” degan savol joyida. Agar haqiqiy tahdid yoki tuhmat bölsa — huquqiy yöl oçiq. Lekin köpçilik “post” va “storilar” orqali köproq odam körişini xohlaydi, çunki ijtimoiy tarmoqda sensatsiya — tez ommalaşişning eng qisqa yöli.

 Axborot vositalari qayda qoldi?

Bugun ayrim blogerlar özini OAVdek tutayapti, lekin ularning yondaşuvi — jurnalistikaniki emas. OAV dalilga tayanadi, tekşiradi, ikki tomonni eşitadi. Bloger esa köpinça hissiyotga beriladi, şaxsiy munosabatni “kontent”ga aylantiradi.

Agar haqiqiy jurnalistika sukut saqlasa, maydonni “layk uçun yaşovçi”lar egallaydi. Demak, Xorazmda axborot maydonidagi böşliqni maynavozçilik töldira boşladi.

 “Qozon oçildi” — endi har narsa mumkin

Endilikda turli “janjal kontentlar”ning davomi böladi — çunki qozon oçildi. Ijtimoiy tarmoq nazoratsiz, axborot etikasi esa zaif.

Bu holat haqiqiy muammolarni — işsizlik, talim, ekologiya, yöl va transport, soğliqni saqlaş kabi dolzarb mavzularni soyaga tuşirmoqda.

Xorazmda axborot maydonini maynavozçilik emas, fakt va masuliyat belgilaşi kerak.
Tahdid emas — dalil; sensatsiya emas — salohiyat; janjal emas — javobgarlik muhim bölgan vaqt keldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: