USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda tanqidga javob yöq: oçiqlik va şaffoflik qayerda qoldi?

514 марта
Xorazmda tanqidga javob yöq: oçiqlik va şaffoflik qayerda qoldi?

Sönggi oylarda jamoatçilik orasida dolzarb bölgan muammolarga bağişlangan bir qator tanqidiy va tahliliy maqolalar naşr etildi. Jurnalistlar aholining oğriqli masalalarini yoritib, joylardagi muammolarni oçiq körsatişga urinayapti. Biroq şunday çiqişlardan söng şahar va tuman hokimliklari rasmiy saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida rasmiy munosabatlar umuman körinmayapti.

Bu holat esa jamoatçilikda qator savollarni keltirib çiqaradi:
  • Nega hokimliklar matbuotda kötarilgan masalalarga munosabat bildirmayapti?
  • Oçiqlik va şaffoflik haqidagi balandparvoz gaplar faqat qoğozda qolmoqdami?
  • Xalqning ovozi eşitilişi va unga javob qaytarilişi mumkin emasmi?

Oçiqlik — hisobot uçun emas, amaliyot uçun kerak

Yaqinda Xorazm viloyati oçiqlik va şaffoflik körsatkiçlari böyiça respublikada ilğor örinlarni egalladi, degan rasmiy malumotlar tarqatildi. Lekin hayotiy misollarga nazar taşlasak, jurnalistik savollar javobsiz qolmoqda, jamoatçilikni qiziqtirgan masalalar oçiq muhokama etilmayapti.

Şaffoflikning asosiy mezoni — davlat idoralari tanqidiy çiqişlarga oçiq munosabat bildirişi va öz vaqtida javob qaytarişidir. Aks holda, barça “ilğor körsatkiçlar” faqat rasmiyat uçun yiğilgan raqamlardan iborat bölib qoladi.

Suğurilib qoçiş — işonçni yöqotadi
Hokimliklar tomonidan tanqidiy maqolalarga munosabat bildirilmasligi:
  1. Jamoatçilik bilan oçiq muloqotga tayyorlik yetişmayotganidan dalolat;
  2. Davlat idoralari va aholi örtasida işonçning susayişiga olib keladi;
  3. Axborot böşliğini turli miş-mişlar va yolğon xabarlar bilan töldirib qöyadi.
Aslida esa har bir rasmiy munosabat — fuqarolarning davlat idoralariga işonçini oşiriş yölida muhim qadam hisoblanadi.

Savol oçiq qolmoqda
Şu bilan birga, eng muhim savollardan biri şunday:
  • Tanqidiy maqolalarga javob beriş mumkin emasmi?
  • Yoki yuqoridan berilgan körsatma şundaymi?
Agar bu “rasmiy tartib” bölsa, u holda oçiqlik va şaffoflik haqidagi barça gaplar faqat şior bölib qoladi.

Xulosa

Jurnalistika savol qöymoqda. Jamoatçilik yeçim izlayapti. Ammo hokimliklar sukut saqlayapti.
Aslida esa haqiqiy oçiqlik — bu hisobotlarda emas, balki tanqidga javob beriş va jamoatçilik bilan muloqot qilişda namoyon böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: