USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmdagi qovun sayliga neça pul ajratildi?

3 071 марта
Qovun sayliga neça pul ajratildi?

Bu savolga haligaça javob yöq. Nega hamma narsa yaşirin?


Xorazmda har yili yozning oxirlarida katta dabdaba bilan ötkaziladigan Qovun sayli xalq orasida kötarinki ruh, ijtimoiy birdamlik va ananalarning nişonlanişidir. Ammo bu yildan boşlab savollar köpaydi. Eng asosiy savol esa şu: bu tadbir uçun davlat budjetidan yoki homiylardan aniq qança mablağ ajratildi?

Nima sababdan aniq raqamlar oçiqlanmayapti?

Qança mablağ, nimaga sarflandi?

Sayl doirasida ötkazilgan konsertlar, sahna va texnika uskunalari, taşrif buyurgan mehmonlarning mehmonxonadagi xarajatlari, transport, marketing (reklama, bannerlar, video roliklar), qovun yarmarkasi uçun tayyorlangan maxsus pavilonlar – bularning barçasi pul talab qiladi. Ammo bu pulning manbai kim?

Davlat byudjetimi? Mahalliy tadbirkorlarmi? Yoki xorijiy homiylar? Qança va qayerga?

Bu savollarga javob yöq.

Nega oçiqlikdan qörqiladi?

Davlat va mahalliy budjetdan pul sarflanayotgan bölsa, bu mablağ jamoatçilikka tegişli. Demak, odamlar qanday pul sarflanayotganini bilişga haqli.

Afsuski, bugungi kunda Xorazmda oçiqlik tamoyili qoğozda bor, amalda yöq. Tan oling, oşkoralik yöqligi – korrupsiya uçun eşik oçiq degani emasmi?

Xalq uçun ötkazilayotgan tadbir xalq oldida hisobdor bölişi kerak. Biz – jurnalistlar va jamoatçilik – quyidagi savollarga rasmiy javob kutamiz:

 • 2025-yilgi Qovun sayliga qança mablağ ajratildi?
 • Bu mablağ qayerdan olindi: byudjetdanmi yoki homiylardanmi?
 • Mablağ qanday yönalişlarga sarflandi? (sahna, texnika, taşrif buyurgan mehmonlar, reklama, transport va h.k.)
 • Sarf-harajatlar böyiça hisoboti qaçon elon qilinadi?

Xulosa örnida:

Köngilxuşlik tadbirlari ötkazilişi kerak – bu xalqning ruhi, madaniyati. Ammo bu tadbirlar ortidagi moliyaviy holatni xalq bilmasligi mumkin emas. Şubha bor joyda işonç bölmaydi. Işonç yöq joyda esa islohotlar samarasiz.

Şu sababli biz oçiqlikni talab qilamiz.
Xalq bilsin – kim qança sarfladi, va nima uçun.

Qovun sayli 8-10 avgust kunlari Xiva şahrida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: