USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivada “Qovun sayli” — Xorazmning şarbatli ananasi davom etmoqda

1 464 марта
Xivada “Qovun sayli” — Xorazmning şarbatli ananasi davom etmoqda


Xorazm vohasi qadimdan özining serquyoş dalalari va navli qovunlari bilan maşhur. Har yili yoz oxirida Xiva şahrida ötkaziladigan “Qovun sayli” festivali bu bebaho boylikni nafaqat yurtimizga, balki dunyoga namoyiş etib kelmoqda. Bu yilgi sayl 8–10-avgust kunlari bölib ötadi.

Ananaga aylangan şarbatli sayl

Xiva şahrida ötkaziladigan “Qovun sayli” festivali Özbekiston böylab qovunçilikni rivojlantiriş, dehqonlarga kömaklaşiş va içki hamda taşqi turizmni rağbatlantiriş maqsadini közlaydi. Bu yillik ananaviy sayl Xiva Polvon darvoza oldidagi keng Alleya maydonida taşkil etilib, ötgan yili bu yerga yuz minglab mehmonlar taşrif buyurgan edi.

Ötgan yilgi festivalning yorqin lahzalari

2024-yilgi festival 60 ta maxsus pavilyonda 100 dan ortiq qovun navlarini jamlab, mehmonlarni tanho Xorazmga xos lazzatlar bilan taniştirdi. Turli tumanlardan kelgan dehqonlar öz hosillarini nafaqat sotdi, balki tanlovlarda ham qatnaşdi.

Tanlov natijalari böyiça eng katta va sifatli qovun yetiştirgan dehqonlar quyidagi tarzda taqdirlandi:
 • Grand Prix — Yangibozor tumanining mohir dehqoni boş mukofot sifatida “Treker” avtomobilini qölga kiritdi.
 • 1-örin — Urganç şahri dehqoni “Oniks” avtomobili bilan taqdirlandi.
 • 2-örin — Xiva tumanidan qatnaşgan dehqon “Damas” avtomobilini yutib oldi.
 • 3-örin — Urganç tumani, Xiva şahri va Qöşköpir tumanidan kelgan uç nafar iştirokçiga har biriga mototsikl topşirildi.

Şuningdek, qovunlarni saqlaş, qayta işlaş, qadimiy navlarni tiklaş, eksport va ekologik yetiştiriş böyiça ham bir neçta maxsus nominatsiyalar böyiça diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.

Festival davomida Xorazmga 30 mingga yaqin xorijiy sayyoh, 400 mingga yaqin mahalliy mehmon taşrif buyurgani bu tadbirning qançalik ommaviy va muhim ekanini körsatadi.

Bu yil nimalar kutmoqda?

Bu yilgi “Qovun sayli”da ham yurtimizning eng navli qovunlari taqdim etiladi. Ananaga sodiq ravişda milliy taomlar, hunarmandçilik yarmarkalari, folklor jamoalar çiqişlari, bolalar va kattalar uçun milliy öyinlar örin oladi. Eng asosiysi, mehmonlar yangi hosilning şirin qovunlaridan tatib körib, bevosita daladan olib ketiş imkoniyatiga ega bölişadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: