USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda “Issiqda sasib yotgan çiqindilar: Muammo tizimda, odamda yoki javobgarlikda?”

549 марта
Xorazmda “Issiqda sasib yotgan çiqindilar: Muammo tizimda, odamda yoki javobgarlikda?”

Xorazm viloyatining köplab hududlarida çiqindilar vaqtida olib ketilmayapti. Bu holat bir kunlik yoki bir haftalik emas — deyarli bir yildan beri davom etmoqda. Ayrim mahallalarda çiqindi töplari oylab turib qolmoqda. Bu esa nafaqat estetik muammo, balki soğliq uçun xavfli holat hamdir.

Jamoatçilik noroziligi oşmoqda

Mahalliy aholi bir neça bor mahalla raislariga, tuman hokimliklariga, hattoki viloyat darajasidagi idoralarga murojaat qilgan. Ammo hanuzgaça bu masalaga oçiq va aniq bir javob berilmagan.

Savollar köp, javoblar yöq:
 • Nega çiqindilar vaqtida olib ketilmayapti?
 • Çiqindilarni olib ketadigan texnika yetarli emasmi?
 • Yoki bu yerda taşkiliy böşliqlar bormi?
 • Masul korxonalarga moliyalaştiriş ajratilmayaptimi?
 • Mahalla raislari nega bu holatga köz yummoqda?
 • Viloyat hokimligi nega jamoatçilikni tinçlantiriş bilan emas, muammoni hal qiliş bilan şuğullanmayapti?

Çiqindi — kasallik manbai

Yozning issiğida çiqindilar oçiqda qolgani nafaqat köngilni aynitadi, balki infetsion kasalliklar tarqaliş xavfini keskin oşiradi. Paşşalar, kalamuşlar köpaymoqda. Bu esa ayniqsa bolalar va keksalar uçun xavfli.

Matbuot bayonotlarida emas, köçalarda yeçim kerak

Viloyatda turli taşkilotlar matbuot anjumanlari ötkazmoqda. Lekin oddiy xalq yaşayotgan köçalarda çiqindilar sasib yotgan bölsa, bunday “media faoliyat” faqat közböyamaçilik bölib qoladi. Haqiqat köçada — va u köçada çiqindi yotibdi.

Söraladigan javobgarlik:

Agar bu holat davom etsa, xalq soğliğiga ziyon yetganda kim javob beradi?
 • Viloyat hokimligi bormi?
 • Tuman ekologiya bölimimi?
 • Yoki çiqindini olib ketuvçi xususiy taşkilotlarmi?

Xulosa:

Bugun Xorazmda çiqindi tizimi falaj holatda. Bu holat nafaqat sanitariya, balki jamoatçilik işonçi, davlat imiji va mahalliy hokimiyat obrösiga bevosita zarba bermoqda. Davlat tizimi içida masuliyatni zanjir kabi his qiladigan amaldorlar bor ekan, bu holatga javob berilişi şart va keçiktirib bölmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: