USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ona bolasini uruşga yuborganday kutmoqda xalq: Xorazmda haydovçilik imtihon markazi nega hanuz yopiq?

952 марта
Ona bolasini uruşga yuborganday kutmoqda xalq: Xorazmda haydovçilik imtihon markazi nega hanuz yopiq?

“Prava yöqligi uçun jarima – imtihon topşiriş uçun esa markaz yopiq”

Xorazm viloyatida haydovçilik guvohnomasini oliş istagida bölgan yuzlab fuqarolar sönggi uç oydan beri imtihon markazining oçilişini kutmoqda. Rasmiy sababi oçiqlanmagan holda yopiq qolayotgan uşbu markaz aholining haqli etiroziga sabab bölmoqda.


Ayniqsa, bugun haydovçilik kasbini tirikçilik manbai qilgan fuqarolar uçun bu holat qattiq tösiqqa aylangan. “Haydaşni bilamiz, lekin imtihon topşira olmayapmiz. Pravasiz yurganimiz uçun esa jarima tölab, yana uyga qaytyapmiz,” – deydi Urganç tumanida istiqomat qiluvçi yoş haydovçilardan biri.

Fuqarolar nima deyapti?

Murojaatlar soni kun sayin ortayapti. Xorazmbugun.uz tahririyatiga kelib tuşayotgan şikoyatlar mazmuni deyarli bir xil:

“3 oydan beri imtihon topşirişga navbatda turibmiz. Boşida tamirlanyapti deyişdi, keyin heç kim izoh bermay qöydi. Nega bu muammo faqat Xorazmda?”

“Işga kiriş uçun haydovçilik guvohnomasi kerak. Guvohnoma oliş uçun esa markaz yöq. Şunday paytda insonlar qonunbuzarga aylanyapti.”

Muammo nimada? Rasman izoh yöq

Rasmiy idoralar bu masalaga nisbatan sukut saqlamoqda. Xalq noroziligi ortib borgan sari, savollar soni ham köpaymoqda:
 • Imtihon markazi nega yopildi?
 • Qaçon oçiladi?
 • Şu vaqt içida navbatda turgan fuqarolar taqdiri nima böladi?
 • Ularning tölovlari, kutiş vaqti, mehnati qanday qoplangan?

Öz vaqtida guvohnoma ololmaganlar nega jazolanmoqda?

Hozirgi paytda ayrim fuqarolar haydovçilik guvohnomasisiz haydaşga majbur bölmoqda. Bu esa YHXB tomonidan jarimalarga olib kelmoqda. Tasavvur qiling: bir odam huquqiy tartibda guvohnoma olişni xohlaydi, lekin davlat xizmatidan foydalanolmayapti. Bu holda javobgar kim?

Savolimiz bor: bu sukunat ortida nima bor?

Bu kabi muhim davlat xizmati uzoq muddatga yopilişi jamoatçilikdan yaşirilişi mumkin emas. Agar bu texnik nosozlik bölsa, nega rasman elon qilinmadi? Agar boşqa sabab bölsa, jamoatçilik nega xabardor qilinmayapti?

Xulosa: Xalq sabrini sinamang – javob bering

Xorazm aholisi haydovçilik imtihon markazining tez fursatda oçilişini, navbatda turgan fuqarolarga qulaylik yaratilişini, va eng muhimi, rasmiy izoh berilişini talab qilmoqda.

Xalq savol bilan yaşayapti. Davlat esa javob bilan yaşaşi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: