USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazm va Trabzon örtasida yangi iqtisodiy köprik: Urgançda yirik biznes forum bölib ötdi

170 марта
Xorazm va Trabzon örtasida yangi iqtisodiy köprik: Urgançda yirik biznes forum bölib ötdi

Bugun Urganç şahrida Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş va hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan “Xorazm – Trabzon” biznes forumi öz işini yakunladi.

Anjumanda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov, Trabzon Savdo-sanoat palatasi raisi Erkut Çelebi boşçiligidagi nufuzli delegatsiya azolari, şuningdek, ikki tomonning yetakçi işbilarmon doira vakillari hamda tadbirkorlari iştirok etdilar.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi
Forum doirasida ikki hudud uçun ham birdek manfaatli bölgan bir qator strategik sohalarda şeriklik imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi. 
Xususan, quyidagi yönalişlarda qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida urğu berildi:


 Töqimaçilik va yengil sanoat;
 Zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqariş;
 Oziq-ovqat mahsulotlarini çuqur qayta işlaş;
 Farmatsevtika va tibbiyot;
 Turizm va logistika imkoniyatlarini kengaytiriş.
Raqamlar sözlaganda: Turkiya sarmoyasi Xorazmda
Takidlaş joizki, Xorazm viloyati xorijiy investorlar uçun tobora jozibador maskanga aylanib bormoqda. Bugungi kunda viloyatda 200 dan ortiq xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar faoliyat yuritayotgan bölsa, ularning 32 tasi aynan Turkiya sarmoyasi hisobiga taşkil etilgan. Ötkazilgan uşbu forum mazkur körsatkiçlarni yanada yuqori darajaga kötarişga xizmat qiladi.

Istiqbolli kelişuvlar va yangi qadamlar
Tadbir yakunida iştirokçilar Xorazm va Trabzon örtasidagi iqtisodiy şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqiş, istiqbolli investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etiş hamda ikki davlat tadbirkorlari örtasida uzoq muddatli, işonçli munosabatlarni rivojlantiriş borasida özaro manfaatli şartnoma va kelişuvlarni imzoladilar.

Manba: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati malumotlari asosida tayyorlandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: