Nyu-York meri Özbekistonga keldi
19-11-2025, 23:12
194 марта

Nyu-York meri Özbekistonga keldi
Bugun, 19 noyabr kuni Özbekiston Savdo-sanoat palatasida AQŞning Nyu-York şahri meri Erik Adams boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, uçraşuvda palata raisining maslahatçisi Umid Safarov, Özbekistonning yetakçi tadbirkorlari hamda bir qator biznes uyuşmalari vakillari iştirok etgan.
Uçraşuvda tomonlar özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, qöşma kooperatsiya loyihalarini rivojlantiriş va ikki hudud örtasidagi biznes aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan.
Uçraşuv davomida Umid Safarov tomonidan özbekistonlik tadbirkorlarni AQŞ kapital bozorlariga tayyorlaş maqsadida Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik örnatiş, mamlakatda AQŞning yetakçi universitetlari bilan biznes maktabi va akseleratsiya dasturlari yaratiş, şuningdek, Toşkentda qöşma kasb-hunar kollejini oçiş taklif etilgan.
Kiçik biznes uyuşmasi raisi Kamolat Mirzaaliyeva esa Nyu-York kiçik biznes birlaşmasi bilan hamkorlik örnatiş va mahalliy mahsulotlarni AQŞ bozoriga eksport qilişda kömak söragan.
Tadbirkorlar tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Amerika bozoriga yetkazib berişni kengaytiriş, biokimyoviy mahsulotlar işlab çiqariş va innovatsion loyihalarni rivojlantiriş böyiça takliflar bildirilgan.