USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va AQŞ yangi hamkorlik yönalişlarini belgiladi

214 марта
Özbekiston va AQŞ yangi hamkorlik yönalişlarini belgiladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vaşingtonga taşrifi doirasida AQŞ Kongressining Vakillar palatasi azolari — Bill Xayzinga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davn bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş hamda iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Şavkat Mirziyoyev qonun çiqaruvçi organlar örtasidagi munosabatlar izçil rivojlanayotganini takidladi. AQŞ Kongressidagi “Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokus” faoliyati yuqori baholandi. Har yili Vakillar palatasida ötkaziladigan “Özbekiston kunlari” ikki davlat örtasida işonç va döstlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.

Davlat rahbari Kongressning oliy darajada erişilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar kelişuvlarni amalga oşirişda kömak berişi muhimligini alohida takidladi.

Uçraşuvda Ğarbiy Virjiniya, Miçigan va Kaliforniya ştatlari bilan hududlararo hamkorlikni kengaytiriş va qöşma amaliy loyihalarni rivojlantiriş masalalariga ham etibor qaratildi.

Suhbat yakunida AQŞ Kongressi delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi, şuningdek ikki mamlakat hududlari rahbarlari va işbilarmon doiralar delegatsiyalarining özaro taşriflarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: