Urganç şahridagi Taraqqiyot köçasidan ötgan köprik ustida piyodalar uçun şaroit yöq: yölaklar tuproq va çangga tölgan
7-06-2026, 05:38
212 марта
Urganç şahridagi Taraqqiyot köçasidan ötgan köprik ustida piyodalar uçun şaroit yöq: yölaklar tuproq va çangga tölgan
Urganç şahridagi Taraqqiyot köçasidan ötgan köprik ayni paytda piyodalar uçun haqiqiy sinov maydoniga aylangan. Köprik ustidan har kuni yuzlab fuqarolar harakatlansa-da, bu yerda piyodalar uçun minimal qulayliklar ham yaratilmagan.
Eng açinarlisi, yölaklar böylab töplanib qolgan tuproq va qum uyumlari haligaça tozalanmagan. Yöl çetidagi çang va çiqindilarni şunçaki beton tösiqlar ortiga surib qöyişgan. Masullar «beton orqasiga taşlasak, heç kim körmaydi» deb öylaşgan şekilli. Biroq bu «yaşirin» çiqindixona va töplangan tuproq köprikdan ötayotgan piyodalarning harakatiga jiddiy xalaqit bermoqda, şamol turganda esa atrofni çang-tözon qoplamoqda.
Mazkur köprik nafaqat avtomobillar, balki piyodalar ham faol foydalanadigan muhim obekt hisoblanadi. Ammo hozirgi ahvol aholining haqli etirozlariga sabab bölmoqda. Şahar körkiga soya solayotgan va piyodalarga noqulaylik tuğdirayotgan bu muammoga tegişli taşkilotlar qaçon etibor qaratadi?
Köprikdagi yölaklar qaçon tartibga keltirilib, çiqindi va tuproqlardan tozalanadi? Mutasaddilardan amaliy harakatlar kutib qolamiz.