Şovot kanali ustidagi köprik qayta qurilib, foydalanişga topşirildi
27-03-2026, 12:19
538 марта
Şovot kanali ustidagi köprik qayta qurilib, foydalanişga topşirildiXorazm viloyatida transport infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan yana bir muhim loyiha amalga oşirildi. Şovot kanali ustida joylaşgan köprik töliq qayta qurilib, foydalanişga topşirildi.
Viloyat Avtomobil yöllari boş boşqarmasi taşabbusi bilan amalga oşirilgan mazkur loyiha doirasida D216 “Urganç şahri – Şovot şahri – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” avtomobil yölining muhim qismida joylaşgan köprik zamonaviy talablar asosida yangidan barpo etildi.
Quriliş işlari davomida inşootning mustahkamligi va uzoq yillar xizmat qilişini taminlaş maqsadida zamonaviy texnologiyalar qöllanildi. Köprikda yangi tayanç konstruktsiyalar qurildi, yöl qismi kengaytirildi hamda piyodalar uçun alohida xavfsiz yölaklar taşkil etildi.
Şuningdek, harakat xavfsizligini taminlaş maqsadida himoya tösiqlari örnatilib, köprikning ustki qismi sifatli qoplama bilan yakunlandi.
Mutaxassislarning takidlaşiça, mazkur köprikning qayta qurilişi hududda transport qatnovini ança yengillaştiradi. Bu esa nafaqat haydovçilar, balki mahalliy aholi uçun ham qulay va xavfsiz yöl şaroitini yaratişga xizmat qiladi.
Takidlanişiça, barça quriliş işlari belgilangan muddatlarda va yuqori sifat talablari asosida bajarildi.
