Xorazmda tabiiy ofatdan zarar körgan köprik qayta barpo etildi — qatnov töliq tiklandi
5-02-2026, 15:04
142 марта
Xorazmda tabiiy ofatdan zarar körgan köprik qayta barpo etildi — qatnov töliq tiklandiXorazm viloyatida muhim infratuzilma obektlaridan biri bölgan köprik töliq qayta qurilib, foydalanişga topşirildi. Bu haqda Xorazm viloyati Avtomobil yöllari boş boşqarmasi malum qildi.
Qayd etilişiça, (4P163) “Boğot q. – Yangiariq q. – Xiva ş. – Qöşköpir q. – Şovot ş. – Gurlan ş.” avtomobil yölining 84,7-kilometr qismida joylaşgan, tabiiy ofat oqibatida zarar körgan köprik qisqa muddatda töliq yangidan barpo etildi.
Quriliş işlari davomida köprik zamonaviy texnik talablar asosida qurilib, uning mustahkamligi hamda yuk kötariş quvvati sezilarli darajada oşirildi. Şuningdek, harakat xavfsizligini taminlaş maqsadida yöl qoplamasi yangilandi va tegişli belgilar örnatildi.
Mazkur köprikning işga tuşirilişi natijasida aholi uçun qulay va xavfsiz qatnov şaroiti yaratildi. Şu bilan birga, tumanlar örtasidagi transport aloqalari yaxşilanib, hududdagi iqtisodiy faollikni oşiriş hamda aholi hayot sifatini yuksaltirişga xizmat qilişi kutilmoqda.Mutaxassislar takidlaşiça, viloyatda yöl-infratuzilmani rivojlantiriş böyiça işlar izçil davom ettiriladi va kelgusida yana bir qator loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
