Şovot tumanida yöl infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan yirik loyiha amalga oşirildi
29-01-2026, 16:39
464 марта
Şovot tumanida yöl infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan yirik loyiha amalga oşirildiXorazm viloyati Şovot tumanida yöl infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan navbatdagi muhim loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi. Xususan, davlat ahamiyatiga ega D 216 (4R159) “Urganç şahri – Şovot şahri – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” avtomobil yölining 56-kilometr qismida zamonaviy köprik quriş işlari töliq tugatildi.
Malum qilinişiça, mazkur köprik orqali hududdan harakatlanuvçi transport vositalari oqimini yengillaştiriş, qatnov tezligi va harakat xavfsizligini oşiriş, şuningdek, mavsumiy noqulayliklar tufayli yuzaga keladigan muammolarning oldini oliş közda tutilgan.
Quriliş işlari amaldagi meyor va standartlarga qatiy rioya etilgan holda olib borilgani takidlanmoqda. Mutaxassislar fikriga köra, yangi inşootning foydalanişga topşirilişi Urganç şahri hamda Şovot tumani örtasidagi transport aloqalarini yanada mustahkamlaydi.
Şu bilan birga, loyihaning amalga oşirilişi çegaradoş hududlar bilan iqtisodiy va ijtimoiy boğliqlikni kuçaytirişga, yuk hamda yölovçi taşiş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Yangi köprik aholi uçun qöşimça qulaylik yaratib, hududning transport salohiyatini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.



