USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmliklarning örtaça yoşi qanday? Yurtimizdagi eng «navqiron» hududlar aniqlandi!

414 марта
Xorazmliklarning örtaça yoşi qanday? Yurtimizdagi eng «navqiron» hududlar aniqlandi!

Milliy statistika agentligining 2026 yil 1 yanvar holatiga köra bergan malumotlariga köra, Özbekiston aholisining örtaça yoşi 29,5 yoşni taşkil etmoqda.

Saytimiz kuzatuvçilari uçun eng qiziqarli jihati — Xorazm viloyati aholisining örtaça yoşi ham aynan 29,5 yoş bölib, respublikaning umumiy körsatkiçi bilan bir xil çiqdi! Bu degani, vohamiz aholisi mamlakat demografik suratini tölaqonli aks ettiruvçi, ayni kuçga tölgan va navqiron qatlamdan iborat.

Mintaqalar kesimida kim qayerda?


Respublika böyiça eng «yoş» aholi Surxondaryo va Qaşqadaryoda qayd etilgan bölsa, eng «yoşi katta» hudud poytaxt Toşkent şahri bölib turibdi. Hududlar kesimidagi körsatkiçlar quyidagiça:
 Toşkent şahri – 32,7 yoş
 Buxoro viloyati – 31,1 yoş
 Toşkent viloyati – 31 yoş
 Navoiy viloyati – 30,1 yoş
 Farğona viloyati – 30 yoş
 Qoraqalpoğiston Respublikasi – 29,8 yoş
 Andijon viloyati – 29,5 yoş
 Xorazm viloyati – 29,5 yoş
 Namangan viloyati – 29 yoş
 Sirdaryo viloyati – 28,7 yoş
 Samarqand viloyati – 28,5 yoş
 Jizzax viloyati – 28,4 yoş
 Qaşqadaryo viloyati – 27,7 yoş
 Surxondaryo viloyati – 27,4 yoş

Dunyo miqyosida qandaymiz?

Özbekistondagi örtaça yoş (29,5) dunyodagi umumiy körsatkiçdan (30,9 yoş) sezilarli darajada past. Bu esa yurtimizni yer yuzidagi eng yoş va salohiyatli aholiga ega davlatlar qatoriga qöşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: