Xorazmda ayollar köpmi yoki erkaklar?
15-05-2026, 20:09
598 марта
Xorazmda ayollar köpmi yoki erkaklar?Özbekiston Milliy statistika qömitasi 2026 yil 1 yanvar holatiga aholi jinsiy tarkibi böyiça yangi malumotlarni elon qildi. Unga köra, mamlakatda har 1 000 nafar ayolga örtaça 1 015 nafar erkak töğri kelgan.
Tahlillarga qaraganda, Özbekistonning deyarli barça hududlarida erkaklar soni ayollarga nisbatan biroz ustunlik qilmoqda. Faqat Toşkent şahrida vaziyat boşqaçaroq bölib, u yerda har 1 000 nafar ayolga 966 nafar erkak töğri kelgan.
Xorazm viloyatida esa demografik muvozanat deyarli teng saqlangan. Rasmiy malumotlarga köra, viloyatda har 1 000 nafar ayolga 1 004 nafar erkak töğri kelmoqda.
Bu körsatkiç böyiça Xorazm mamlakat hududlari orasida örta poğonalardan joy olgan. Eng yuqori natija Namangan viloyatida qayd etilgan bölib, u yerda har 1 000 nafar ayolga 1 034 nafar erkak töğri keladi.
Hududlar kesimidagi körsatkiçlar quyidagiça:
— Namangan viloyati — 1 034 nafar;
— Qaşqadaryo viloyati — 1 029 nafar;
— Andijon viloyati — 1 027 nafar;
— Navoiy viloyati — 1 026 nafar;
— Surxondaryo viloyati — 1 025 nafar;
— Jizzax viloyati — 1 019 nafar;
— Farğona viloyati — 1 019 nafar;
— Samarqand viloyati — 1 016 nafar;
— Qoraqalpoğiston Respublikasi — 1 010 nafar;
— Sirdaryo viloyati — 1 009 nafar;
— Toşkent viloyati — 1 008 nafar;
— Buxoro viloyati — 1 006 nafar;
— Xorazm viloyati — 1 004 nafar;
— Toşkent şahri — 966 nafar.
Mutaxassislarga köra, yirik şaharlarda ayollar uluşining yuqoriroq bölişi içki migratsiya, talim va mehnat bozori bilan boğliq omillar tasirida yuzaga keladi.