Xorazmda neça milliondan ortiq ayol istiqomat qilişi aytildi
9-03-2026, 23:21
469 марта
Xorazmda neça milliondan ortiq ayol istiqomat qilişi aytildiÖzbekistonda 2026 yil 1 yanvar holatiga köra, mamlakatdagi ayollar soni 18,9 million nafardan oşgan. Ular mamlakat doimiy aholisining 49,6 foizini taşkil etib, demografik tarkibning qariyb yarmini egallaydi.
Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, viloyatlar kesimida ayollar soni böyiça Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda. Bu hududda 2 million 172,4 ming nafar ayol istiqomat qiladi. Keyingi örinlarda Farğona viloyati (2 million 91,2 ming nafar) hamda Qaşqadaryo viloyati (1 million 831,6 ming nafar) qayd etilgan.
Xorazm viloyatida esa 1 million 32,3 ming nafar ayol yaşaydi. Bu körsatkiç böyiça viloyat respublikada örta pozitsiyalarni egallagan.
Şuningdek, ayrim hududlarda ayollar soni quyidagiça:
- Andijon viloyati — 1 mln 737,4 ming
- Toşkent şahri — 1 mln 616,9 ming
- Toşkent viloyati — 1 mln 574,3 ming
- Namangan viloyati — 1 mln 568,5 ming
- Surxondaryo viloyati — 1 mln 486,6 ming
- Buxoro viloyati — 1 mln 50,4 ming
- Qoraqalpoğiston Respublikasi — 1 mln 21,7 ming
- Jizzax viloyati — 776,0 ming
- Navoiy viloyati — 548,7 ming
- Sirdaryo viloyati — 471,0 ming
Malumot uçun, 2026 yil 7 fevral holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 38 million 300 ming 520 nafarni taşkil etgan. Şundan 19 million 288 ming 132 nafar erkak, 19 million 12 ming 368 nafar ayol bölib, erkaklar soni ayollarga nisbatan bir oz yuqori uluşni taşkil etmoqda.