Özbekistonda erkaklar ayollardan köproq — statistika
28-01-2026, 14:17
303 марта

Özbekistonda erkaklar ayollardan köproq — statistika
Milliy statistika qömitasi 2026-yilning 1 yanvar holatiga köra Özbekiston demografik körsatkiçlari statistikasini malum qildi.Qayd etilişiça, respublikada aholining umumiy soni 38 million 236,7 ming kişiga yetgan. Bunda ayollar soni 18 million 979,0 ming nafar bölsa, erkaklar 19 million 257,7 ming kişini taşkil qiladi. Umumiy statistikada ayollar 49,6 foiz, erkaklar esa 50,4 foiz uluşga ega.
Şu bilan birga, mamlakatda şaharlarda istiqomat qiluvçi aholi soni 19 million 471,7 ming kişiga, qişloqlarda yaşovçilar esa 18 million 765,0 ming kişiga yetgan. Örtadagi farq 706,7 ming kişidan oşadi.
Hisobot davrida qonuniy qayd etilgan nikohlar soni 267,1 mingtani taşkil qildi. Ajrimlar soni 46,9 mingta bölgan. Bunda eng yoşi katta kuyov 91 yoşda, eng yoşi katta kelin esa 85 yoşda bölgan. Mamlakatda ayollar asosan 20-30 yoş oraliğida turmuş qurişgan.
Şuningdek, respublikaga çet eldan köçib kelganlar 1 159 tani taşkil qildi, biroq 10 117 kişi köçib ketdi.
Avvalroq Özbekiston urbanizatsiya böyiça Qozoğistonga deyarli yetib olgani, 2050-yilga borib mamlakat mintaqa yetakçisiga aylanişi xabar qilingandi.
XX asr örtalarida jahon aholisining atigi 20 foizi yirik şaharlarda istiqomat qilgan bölsa, 2025-yilga kelib bu körsatkiç 44,8 foizga yetdi. 2050-yilga borib sayyora aholisining 48,3 foizi aynan megapolislarda istiqomat qilişi prognoz qilingan.