Özbekistonda tuğiliş kamayib, ölimlar köpaymoqda
23-07-2025, 12:19
502 марта

Özbekistonda tuğiliş kamayib, ölimlar köpaymoqda
2025 yil 1 iyul holatiga köra, Özbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kişiga yetdi. Mazkur körsatkiç 2024 yil iyulidagiga nisbatan 2 foizga köp. Yarim yil davomida aholi sonining tabiiy ösişi 321,4 ming kişiga teng böldi.Eng köp aholi Samarqand (4,3 mln kişi) va Farğona (4,2 mln kişi) viloyatlarida yaşamoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kişi.
Tuğiliş qisqarib, ölimlar köpaydi
Özbekistonda 2025 yil yanvar iyun oylarida 405,5 ming çaqaloq tuğildi. Şundan 209,6 ming nafari öğil (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Şahar joylarida 197,8 ming, qişloqlarda 207,7 ming çaqaloq dunyoga kelgan.
Joriy tuğilişlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.
Olti oy davomida mamlakatda vafot etganlar soni 84,1 ming kişini taşkil etgan. Şundan erkaklar 46,2 ming kişi (54,9 foiz), ayollar 37,9 ming kişi (45,1 foiz) bölgan. Olamdan ötganlarning 45,6 ming nafari şaharlarda (54,2 foiz), 38,5 ming nafari qişloqlarda (45,8 foiz) yaşagan.
Umuman olganda, ölimlar soni 2024 yil iyul oyidagidan 2,7 mingtaga, 2023 yil mos davridagidan 4,4 mingtaga köpaygan.