D215 avtomobil yölida yuzaga kelgan çökiş bartaraf etildi: harakat töliq tiklandi
10-06-2026, 15:46
117 марта
D215 avtomobil yölida yuzaga kelgan çökiş bartaraf etildi: harakat töliq tiklandiIjtimoiy tarmoqlarda davlat ahamiyatiga ega bölgan D215 avtomobil yölining 1,8-kilometr qismida yuzaga kelgan holat böyiça tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Malum qilinişiça, 2026 yil 9 iyun kuni mazkur avtomobil yölining 1,8-kilometrida “Urganç tamirlaş” MÇJ tomonidan oqova suv quvurlarini ötkaziş maqsadida yöl kötarmasi ostidan gorizontal usulda teşiş işlari olib borilgan.
Iş jarayonida mavjud asfaltbeton qoplamasining bir qismida çökiş holati kuzatilgan. Holat yuzaga kelişi bilan mutaxassislar tomonidan zudlik bilan örganiş işlari olib borilib, nosozlikni bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar körilgan.
Tiklaş işlari davomida 23 kub metr ŞPS, 18 kub metr çaqiq toş hamda 32 tonna asfaltbeton mahsulotlari sarflangan.
Mutasaddilarning malum qilişiça, zarar körgan yöl qismi töliq qayta tamirlanib, avtomobil transporti harakati şu kunning özida soat 18:00 dan boşlab töliq tiklangan.
Hozirda mazkur yöl uçastkasidan transport vositalari odatiy tartibda harakatlanmoqda.