USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ertaga Xorazmning qator tumanlari va Urganç şahrida elektr taminoti vaqtinçalik uziladi (Röyxat)

1 798 марта
Ertaga Xorazmning qator tumanlari va Urganç şahrida elektr taminoti vaqtinçalik uziladi (Röyxat)

Xorazm viloyatining bir neçta tumanlari hamda Urganç şahrining ayrim mahallalarida rejali profilaktika işlari sababli elektr energiyasi yetkazib beriş vaqtinçalik töxtatiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat filiali xabariga köra, uşbu uzilişlar Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qiliş qoidalariga asosan amalga oşirilmoqda. Tarmoqlardagi joriy tamirlaş va sozlaş işlari sababli joriy yilning 12 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça quyidagi hududlarda çiroq vaqtinçalik öçirilişi mumkin:

Elektr taminotida uzilişlar kuzatiladigan hududlar röyxati:

 Urganç tumani: Şermatlar, Kattaboğ, Bobodehqon, Oqoltin, Qipçoq, Boğdorçi, Köhnaovul mahallalari;
 Gurlan tumani: Birlaşgan, Şanği, Paxtaçi, Paxtakor, Nurliyöl, Nukus, Jaloil, Sovunçi mahallalari;
 Şovot tumani: Taraqqiyot, Oqköl, Ostona, Qumyop, Böyraçi, Royat, Mevazor, Navröz mahallalari;
 Yangiariq tumani: Gullanboğ va Şixboği mahallalari;
 Boğot tumani: Özgariş, Hunarmand, Boğiston, Dehqonobod, Yuksaliş, Ustalar, Namuna, Gulzor, Manaviyat, Sohibkor, Qumbodoq, Köhnabirlaşuv, Paxtaobod, Qoraboğ, Yoşösmir, Qulanqoraboğ, Mehnatguli, Oqtepa, Qalajiqqala, Navröz, Xurriyat, Beruniy mahallalari hamda Uzumzor va Yangiqadam şaharçalari;
 Hazorasp tumani: Amudaryo, Aloqali köl, Yangibozor, Boğdor, Sanoat, Böston, Törtta, Otaliq, Uzukqaqoş, Qovunçi, Mustaqillik, Navröz, Muxomon, Şexyopi, Mutpiri mahallalari;
 Tuproqqala tumani: Oxunboboyev, Pastom, Saidlar, Sayopir, Şexlar, Yangizamin, Obod, Yakkaçiqir, Nurobod, Nukus, Yoşlik, Navbahor, Muhabbat mahallalari;
 Urganç şahri: Jingavuz va Baynalminalçi mahallalari.
Istemolçilardan keltiriladigan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraladi va maişiy elektr jihozlarini tarmoqdan xavfsiz ajratib qöyiş tavsiya etiladi. Tamirlaş işlari belgilangan vaqtdan ertaroq yakunlansa, tarmoqqa kuçlaniş muddatidan oldin berilişi takidlab ötilgan.

Изоҳ қолдириш

    • феруза 12 Iyun 2026 11:52
      качон йонади свет

Мавзуга алоқадор: