USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivada VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlari ğoliblari aniqlandi!

172 марта
Xivada VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlari ğoliblari aniqlandi!

Qadimiy va hamişa navqiron Xiva şahri yana bir bor dunyo polvonlarini öz bağriga çorladi. Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi taşabbusi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlari öz yakuniga yetdi.
Musobaqaning final bosqiçi kutilganidan-da şiddatli, hayajonli va murosasiz bahslarga boy böldi. Dunyoning eng kuçli polvonlari sönggi soniyalargaça bor kuç va mahoratlarini namoyiş etib, taşrif buyurgan minglab tomoşabinlarga unutilmas va hayajonli lahzalarni taqdim etdilar.
Keskin va qizğin keçgan bellaşuvlar natijasiga köra, şohsupani quyidagi polvonlar band etdi:
 1-örin (Oltin medal): 🇺🇿 Muhammadali Töxtamatov (Özbekiston)
 2-örin (Kumuş medal): 🇳🇿 Tiano Dean Russel Faapoi (Yangi Zelandiya)
 3-örin (Bronza medal): 🇱🇹 Yokuzus Vilius (Litva)
Eslatma: Musobaqa ğoliblari taşkilotçilar tomonidan maxsus esdalik sovğalari hamda yirik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Şuningdek, xalqaro turnirda iştirok etgan barça bahodirlarga qimmatbaho sovğalar topşirildi.


Ğoliblarga sovrinlarni Xorazm viloyati hokimi örinbosari Botir Saidov hamda Xiva şahar hokimi Temur Davletovlar tantanali ravişda topşirdilar.

Köhna Içan-qala bağrida bölib ötgan uşbu nufuzli sport bayrami nafaqat kuç va iroda, balki xalqlar örtasidagi döstlik va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi. Mazkur turnir Özbekistonning sport turizmi salohiyatini dunyoga körsatişda navbatdagi muhim qadam böldi.

Muhammadali Töxtamatovni va barça sovrindorlarni uşbu ulkan ğalaba bilan tabriklaymiz!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: