Xorazmning qator hududlarida 27 iyun kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin
26-06-2026, 20:48
909 марта
Xorazmning qator hududlarida 27 iyun kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkinXorazm viloyatining ayrim tuman va mahallalarida rejali profilaktika işlari olib borilişi munosabati bilan elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik jihatdan ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq, elektr tarmoqlarida joriy profilaktika işlari amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan 2026 yil 27 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça quyidagi hududlarda elektr taminoti vaqtinça çeklanişi mumkin:
🔹 Urganç tumani — Çölobod va Oyoqboğ mahallalari;
🔹 Yangiariq tumani — Tağan, Kuşanda, Sevgan va Killavit mahallalari;
🔹 Boğot tumani — Oqtepa mahallasi;
🔹 Hazorasp tumani — Jangiota, Navröz, Şovot, Oqmaydon, Karvak, Yangiobod, Ovşar va Buyuk ajdodlar mahallalari;
🔹 Tuproqqala tumani — Şarlauq, Saxovat, Muhabbat va Sayapir mahallalari.
Masullar elektr taminotidagi uzilişlar profilaktika işlari bilan boğliq ekanini bildirib, istemolçilardan bu holatga tuşuniş bilan yondaşişlarini söramoqda.
Profilaktika işlari yakunlanganidan söng elektr energiyasi taminoti qayta tiklanadi.