Xorazmda tibbiyot sohasidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi: vazir masullarga qatiy topşiriqlar berdi
28-06-2026, 14:18
380 марта
Xorazmda tibbiyot sohasidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi: vazir masullarga qatiy topşiriqlar berdiXorazm viloyatida Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Odilov rahbarligida yiğiliş ötkazilib, tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va ularning amaliy yeçimlari muhokama qilindi.
Yiğilişda takidlanganidek, tibbiyot tizimidagi özgarişlarning haqiqiy bahosi rasmiy hisobotlar emas, balki aholining tibbiy xizmatlardan qay darajada mamnun ekani bilan ölçanadi. Şu nuqtai nazardan, sohadagi qator kamçiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Vazir Eldor Odilov Prezident tomonidan soğliqni saqlaş sohasini rivojlantirişga katta etibor qaratilayotganini qayd etar ekan, ayrim rahbarlar islohotlarning mazmun-mohiyatini töliq anglamayotgani va aholi bilan işlaşda taşabbuskorlik yetişmayotganini tanqid qildi.
Yiğilişda Xorazm viloyatida ayrim tibbiy körsatkiçlar talab darajasida emasligi takidlandi. Xususan, endokrin kasalliklar bilan kasallaniş holatlari keskin köpaygani, onkologik xastaliklar köp hollarda keç bosqiçlarda aniqlanayotgani qayd etildi.
Şuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qiliş yönalişidagi işlar, tibbiyot xodimlarining muomala madaniyati va kasbiy etika qoidalariga rioya qilişi borasida ham köplab etirozlar bildirildi.
Yiğilişda viloyatdagi 186 ta davolaş-profilaktika muassasasida bemorlarni kutib oliş tizimi, qulay navbat taşkil etiş, yönaltiruvçi axborot belgilarini örnatiş hamda murojaatlar bilan işlaşdagi kamçiliklar yuzasidan masullarga qatiy topşiriqlar berildi.
Ayniqsa, tuğruq komplekslarida kuzatilayotgan “suyunçi puli”, noqonuniy mablağ talab qiliş yoki turli körinişdagi sovğalar oliş holatlariga mutlaqo toqat qilib bölmasligi takidlandi. Bu kabi korruptsiyaviy holatlarga yöl qöygan har qanday mansabdor şaxs yoki tibbiyot xodimiga nisbatan qatiy jazo çoralari qöllanilişi malum qilindi.
Yiğiliş davomida kadrlar siyosati, davlat xaridlari sohasida şaffoflikni taminlaş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş hamda fuqarolar murojaatlari bilan işlaş sifatini yaxşilaş masalalari ham muhokama qilindi.
Şuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik özgarişlar dasturi” va soğliqni saqlaşning yangi modelini joriy etiş doirasida Şovot tumanida amalga oşirilayotgan tajriba-sinov loyihasi tahlil qilinib, aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş böyiça masullarga vazifalar yuklatildi.
Yiğiliş yakunida tibbiyot muassasalarida xizmat sifati va aholi uçun yaratilayotgan şart-şaroitlarni yaxşilaş, korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatni şakllantiriş hamda nogironligi bölgan şaxslar uçun zamonaviy va qulay muhit yaratiş böyiça aniq çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi qöyildi.

