PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI FAOLIYaTI TAHLIL QILINDI VA ENG YaXŞILARI RAĞBATLANTIRILDI
5-05-2026, 16:39
214 марта
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI FAOLIYaTI TAHLIL QILINDI VA ENG YaXŞILARI RAĞBATLANTIRILDIKeça Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov viloyat teatri binosida hududlarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida viloyat hokimi sözga çiqib, mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş, jamoat tartibini taminlaş hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlarga atrofliça töxtaldi. Şuningdek, yöl qöyilayotgan kamçiliklar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, bu yönalişdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Oçiq muloqot tarzida ötgan tadbirda profilaktika inspektorlarining fikr va takliflari tinglandi. Ayrim dolzarb muammolar yuzasidan amaliy yeçimlar işlab çiqilib, tegişli masullarga aniq topşiriqlar berildi.
Tadbir davomida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erişgan bir guruh profilaktika inspektorlari viloyat hokimining taşakkurnomalari hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar uçun viloyat teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Padarkuş” spektakli namoyiş etildi.







