Urgançning markaziy köçasidagi muammo: qazilgan yöl qaçon tiklanadi?
28-06-2026, 16:32
184 марта
Urgançning markaziy köçasidagi muammo: qazilgan yöl qaçon tiklanadi?Urganç şahrining eng serqatnov köçalaridan biri bölgan Yangiariq köçasida harakatlaniş kundan-kunga qiyinlaşib bormoqda. Köçaning bir qismida quvur yotqiziş işlari uçun asfalt qoplamasi kovlab taşlangan bölsa-da, işlar yakunlanganiga ança vaqt ötganiga qaramay, yöl haligaça öz holatiga qaytarilmagan.
Natijada avval uç qatorli harakat uçun möljallangan yölning bir qismi amalda foydalanişdan çiqqan va haydovçilar ikki qator orqali harakatlanişga majbur bölmoqda. Bu esa ayniqsa ertalab va keçqurungi tirbandlik soatlarida transport oqimining sekinlaşişiga, uzun navbatlar yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Mahalliy aholi va haydovçilarning takidlaşiça, muammo faqat tirbandlik bilan çeklanib qolmayapti. Köçaning örta qismida qoldirilgan katta çuqur harakat xavfsizligiga ham jiddiy tahdid solmoqda. Ayrim haydovçilar mazkur hududda yöl-transport hodisalari sodir bölayotganini, ayniqsa keçki paytlarda va köriniş çeklangan vaqtlarda xavf yanada ortib borayotganini aytmoqda.
Eng qiziği, yölni kovlaş uçun ruxsat beriladi, ammo iş tugagaç uni öz vaqtida tiklaş masalasi köpinça etibordan çetda qolayotgandek. Axir, şaharning markaziy köçalaridan birida haftalar, hatto oylab oçiq qolgan qazilma kimning nazoratida? Pudratçi taşkilot zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bajarilganmi? Yölni avvalgi holatiga keltiriş böyiça muddatlar belgilanganmi?
Şahar aholisi va haydovçilarni qiynayotgan bu masalaga mutasaddi taşkilotlar munosabat bildirişi va aniq muddatlar asosida muammoni bartaraf etişi kutilmoqda. Zero, yöllardagi qulaylik va xavfsizlik nafaqat haydovçilar, balki barça fuqarolar uçun muhim masaladir.
Savol oçiq qolmoqda: Yangiariq köçasidagi qazilgan yöl qaçon tiklanadi va bu holatni kim nazoratga oladi?