USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Asfalt qilingan yölni yana yuk maşinalari vayron qiladimi? Urganç tumani Söğdiyona köçasidagi “Doş bozori” muammosi hali ham oçiq qolmoqda

540 марта
Asfalt qilingan yölni yana yuk maşinalari vayron qiladimi? Urganç tumani Söğdiyona köçasidagi “Doş bozori” muammosi hali ham oçiq qolmoqda

Urganç tumanidagi Söğdiyona köçasi yillar davomida aholini qiynab kelgan muammoli yöllardan biri edi. Ayniqsa, “Doş bozori” atrofidagi holat haydovçilar va mahalliy aholi uçun jiddiy muammoga aylangan, yölning nosozligi esa köplab etirozlarga sabab bölib kelgandi.

Yaqinda uşbu hududda yöl tamirlanib, yangi asfalt yotqizildi. Bu, albatta, aholi uçun muhim va quvonarli yangilik böldi. Endi haydovçilar avvalgidek çuqur va nosoz yöldan emas, ança ravon yöldan harakatlanmoqda.

Biroq muammoning asosiy sababi hali ham bartaraf etilmagan.


Gap şundaki, “Doş bozori” hanuzgaça aynan şu hududda joylaşgan. Bozor faoliyati sabab har kuni köplab oğir yuk avtomobillari Söğdiyona köçasidan harakatlanadi. Aynan şu yuk maşinalari yillar davomida yölning tez yemirilişiga sabab bölgani köp bor aytilgan.

Şu bois aholi orasida “yöl tamirlandi, ammo bozor köçirilmasa, yangi asfalt ham uzoqqa çidamaydi” degan xavotirlar kuçaymoqda.

Mutaxassislar takidlaşiça, oğir vaznli transport vositalari muntazam harakatlanadigan hududlarda yöl qoplamasi tezroq buziladi. Demak, faqat asfalt qiliş bilan muammo töliq hal bölmaydi.

Vaqtinçalik yeçimmi yoki haqiqiy özgariş?

Bugun Söğdiyona köçasida qilingan tamir işlari aholiga yengillik yaratgan bölsa-da, muammoning ildizi saqlanib qolmoqda. Agar “Doş bozori” boşqa hududga köçirilmasa yoki oğir yuk maşinalari harakati tartibga solinmasa, yangi yölning ham qisqa vaqt içida yana nosoz holatga kelib qolişi ehtimoldan xoli emas.

Aholi esa bu safar muammoga vaqtinçalik emas, balki uzoq muddatli va amaliy yeçim kutayotganini aytmoqda.

Изоҳ қолдириш

    • diyorbek 28 May 2026 10:10
      nucn bowqa davalatdagi asfaltda furala yursam bzlmidi bzaniknda kamaz otsam sharmanda

Мавзуга алоқадор: