Urganç dehqon bozori oldidagi “katta çuqur” bartaraf etildi
12-09-2025, 16:24
221 марта
Urganç dehqon bozori oldidagi “katta çuqur” bartaraf etildiUrganç şahri markazida, dehqon bozori hududidan ötuvçi yölda neça oydan beri aholi va haydovçilarning asosiy şikoyatiga aylangan “katta çuqur” muammosi nihoyat bartaraf etildi.
Avvalroq uşbu masala ommaviy axborot vositalarida yoritilib, yöl örtasidagi xavfli çuqurdan minglab avtomaşinalar qatnayotgani, piyodalar uçun ham jiddiy xavf tuğdirayotgani haqida tanqidiy materiallar elon qilingan edi.
Şundan söng masul idoralar muammoni hal qilişga kirişdi. Yöl tamirlanib, çuqur betonilandi va harakatlaniş uçun qulay holatga keltirildi.
Aholi va haydovçilar masul idoralardan bundan keyin ham şunday masalalarga öz vaqtida etibor qaratişlarini söramoqdalar.
Eslatib ötamiz, yöllardagi har qanday kiçik kamçilik ham fuqarolar hayoti va xavfsizligi uçun katta ahamiyatga ega.