Yangi pullik yöl qurilişi: Novaiy qişloğidagi yöl nega buzilmoqda?
27-04-2026, 09:30
197 марта
Yangi pullik yöl qurilişi: Novaiy qişloğidagi yöl nega buzilmoqda?Xorazm viloyatida Urganç va Xiva şaharlarini boğlaydigan yangi pullik avtomobil yöli qurilişi jadal davom etmoqda. Mazkur yirik loyiha hudud transport infratuzilmasini yaxşilaşi kutilmoqda. Biroq quriliş jarayoni ayrim hududlarda kutilmagan muammolarni ham yuzaga keltirmoqda.
Xususan, Xonqa tumani Novaiy qişloğida joylaşgan va Yangi Xonqa yöli sifatida tanilgan içki yöl hozirda jiddiy zarar körayotgani aytilmoqda. Uşbu yöl aynan qurilayotgan pullik trassaga çiqiş nuqtalaridan biri bölib, bu yerdan oğir yuk maşinalari va maxsus texnika uzluksiz harakatlanmoqda.
Aholi sözlariga köra, avval yaxşi holatda bölgan asfalt qoplama bugungi kunda oğir transport oqimi sabab tezda yemirilmoqda. Yölda yorilişlar, çuqurlar paydo bölib, harakatlaniş qiyinlaşgan.
Şunga öxşaş holat Urganç tumanidagi Paxtakor qişloğida ham kuzatilayotgani malum qilinmoqda. Quriliş uçun foydalanilayotgan yuk maşinalarining köpligi mahalliy yöllarga katta bosim bermoqda.
Fuqarolar takidlaşiça, yangi pullik yöl qurilişi albatta muhim, ammo uning oqibatida mavjud içki yöllarning şikastlanişi etibordan çetda qolmasligi kerak.
Mutaxassislar bunday holatlarda quriliş jarayonini töğri taşkil etiş, oğir yuk maşinalari harakatini tartibga soliş va zarar körayotgan yöllarni öz vaqtida tamirlaş zarurligini takidlamoqda.
Ayni paytda aholi mutasaddi taşkilotlardan uşbu masalaga jiddiy etibor qaratişni, Novaiy qişloğidagi yölni tiklaş hamda kelgusida bunday holatlarning oldini oliş çoralarini körişni söramoqda.