USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi pullik yöl — eski muammolar: Urganç–Xiva yöli qurilişi ortidan aholi aziyat çekmoqda

1 455 марта
Yangi pullik yöl — eski muammolar: Urganç–Xiva yöli qurilişi ortidan aholi aziyat çekmoqda

Xorazm viloyatida Urganç–Xiva yönalişida yangi pullik yöl qurilişi jadal suratlarda davom etmoqda. Albatta, bunday yirik infratuzilma loyihalari hudud taraqqiyoti, transport tizimi va iqtisodiy faollik uçun muhim ahamiyatga ega.

Biroq quriliş işlari ortidan yuzaga kelayotgan muammolar aholi örtasida jiddiy etirozlarga sabab bölmoqda.

Malum bölişiça, quriliş işlari olib borilayotgan hududlarda nafaqat yangi yöl, balki atrofdagi mavjud yöllar ham yomon ahvolga kelib qolgan. Xoh yangi qurilayotgan yöl bölsin, xoh avvaldan mavjud bölgan içki yöllar — ularning aksariyati buzilib, harakat uçun noqulay holatga kelgan.
Ayniqsa, yomğirli kunlarda vaziyat yanada oğirlaşmoqda. Ayrim joylarda avtomobillar yölda botib qolmoqda, harakat deyarli imkonsiz holga kelmoqda. Bu esa nafaqat haydovçilar, balki mahalliy aholi uçun ham katta muammolarni keltirib çiqarmoqda.

Xususan, Urganç tumanidagi Beruniy mahallasida kuzatilayotgan holat buning yorqin misoli. Aholi öz kuçi bilan yölga qum taşlab, transport vositalarining botib qolmasligini taminlaşga harakat qilmoqda. Bu esa muammoning qançalik jiddiy ekanini körsatadi.

Savol tuğiladi: bir yölni tamirlaş yoki yangidan quriş jarayonida boşqa yöllarning yanada yomon ahvolga tuşib qolişi qay darajada töğri?
Albatta, yangi pullik yöl qurilişi — ijobiy taşabbus. Ammo bu jarayonda aholi uçun muqobil yöllar, vaqtinçalik harakat yölaklari taşkil etilmasligi, mavjud infratuzilmaning izdan çiqişi mantiqan ham, amaliy jihatdan ham savollar tuğdiradi.

Mutaxassislar fikriça, bunday yirik loyihalarda quriliş işlari bilan birga aholi uçun qulaylik yaratiş, aylanma yöllar taşkil qiliş va mavjud yöllarni asrab qoliş ham ustuvor vazifa bölişi lozim.

Aks holda, “rivojlaniş” deb boşlangan iş aholi uçun yangi muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.

Masul taşkilotlar uşbu masalaga jiddiy etibor qaratib, muammolarni bartaraf etiş böyiça aniq çoralar körişi kutilmoqda. Çunki yöl — bu faqat harakat vositasi emas, balki odamlar hayotining muhim qismi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: