USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xiva tumani Pirnahos qişloğida ahvol hali ham oğir — murojaatlarga qaramay muammolar hal bölmagan

331 марта
Xiva tumani Pirnahos qişloğida ahvol hali ham oğir — murojaatlarga qaramay muammolar hal bölmagan

Xiva tumaniga qaraşli Pirnahos qişloğida yöl infratuzilmasi bilan boğliq muammolar bir neça yillardan beri aholini bezovta qilib kelmoqda. Qişloqning 2–3 kilometr masofadagi asosiy yöl qismi juda abgor holatda bölib, natijada nafaqat avtomaşinalar, balki piyodalar ham harakatlanişda jiddiy qiynalmoqda.

Aholi va fuqarolar tomonidan mutasaddi idoralarga bir neça marotaba murojaatlar qilingan, ommaviy axborot vositalarida ham muammolar yoritilganiga qaramay, mazkur holat hanuz öz yeçimini topmagan.


Mahalliylar takidlaşiça, ayniqsa yomğirli kunlarda yöl qolmas “botqoqqa aylanib”, tez yordam, öquvçi taşuvçi transport vositalari va boşqa xizmat maşinalari harakati töxtab qoladi. Bu esa aholi kundalik turmuşiga, ayniqsa bolalar va keksalar salomatligi hamda xavfsizligiga salbiy tasir körsatmoqda.

— “Yölimiz ahvolini bir marta kelib körsalar yetarli. Qişloqqa kiriş öta qiyin. Har yili vada berişadi, lekin amaliy iş körinmayapti”, — deya şikoyat qiladi aholi vakillari.

Mutaxassislar fikriga köra, yöllarni tamirlaş orqali nafaqat aholi uçun qulaylik yaratiladi, balki hudud iqtisodiy salohiyatini ham oşiriş mumkin. Hozirgi holatda esa qişloq özining logistik izolyatsiyasida qolmoqda.

Jamoatçilik Pirnahos qişloğidagi yöl infratuzilmasi böyiça muammolarga jiddiy etibor qaratiriş, tegişli taşkilotlardan aniq amaliy çoralar körişni talab qilmoqda.

Masul idoralardan savol:
— Nega murojaatlar va tanqidlarga qaramay, Pirnahos qişloğidagi yöl muammosi töliq hal etilmayapti? Axoli yana qança kutişi kerak?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: