Urgançda çiqindilar yoqilişi yana takrorlandi
5-09-2025, 14:22
384 марта
Urgançda çiqindilar yoqilişi yana takrorlandiUrganç şahrida yana bir bor çiqindilar oçiq holda yoqib yuborildi. Bu holat şaharda çiqindilar öz vaqtida olib ketilmayotgani oqibatida yuzaga kelmoqda. Aholi esa kundalik sassiq hiddan bezor bölib, nihoyat, çiqindilarni özi yoqişga majbur bölmoqda.
Bu galgi holat Urganç şahrining Gurlan köçasi, 23-boğça yonidagi çiqindixona hududida kuzatildi.
Bu esa yil boşidan beri qayd etilayotgan birinçi holat emas. Afsuski, oxirgisi ham emasligi mumkin.
Muammo nimada?
Yaqinda Urganç şahriga çiqindilarni taşiş uçun yangi maşinalar ajratilgani haqida rasmiy axborot berilgan edi. Biroq amalda ahvol özgargani sezilmayapti. Mahallalarda çiqindilar kunlab yotib qolişi oddiy holga aylanib böldi. Şuningdek, masul taşkilotlardan heç qanday aniq malumot yoki izoh olinmayapti.
Aholi nima deydi?
Fuqarolarning aytişiça, çiqindi maşinalari oyda bir-ikki marta körinadi, xolos. Qolgan vaqtda esa heç kim taşişga kelmaydi. Natijada havo ifloslanişi, turli kasalliklar tarqalişi va şahar körinişi yöqolişi kabi jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda.
Tahlil
Çiqindilar masalasi şahar tozaligi, aholi salomatligi va ekologik xavfsizlik bilan bevosita boğliq. Mavzuga oid jurnalistik çiqişlar bir neça bor qilinganiga qaramay, heç qanday amaliy özgariş kuzatilmayapti. Bu esa masul idoralarning muammoni jiddiy qabul qilmayotganini körsatadi.
Xulosa
Agar çiqindilarni vaqtida olib ketiş tizimi yölga qöyilmasa, Urgançdagi bu holat yana va yana takrorlanişi tayin. Bu nafaqat şahar aholisi, balki butun muhit uçun ham katta xavfdir.
Xorazmbugun.uz tahririyati